Bugun
Grillitsh Pedri va de Yongni yuqori baholadi
+20°
ясно ветер 2.1 м/с, Ю

Buxorolik erkakni 152 million so‘mga chuv tushirgan «qiz» aslida kim edi?

Jamiyat
134
Buxorolik erkakni 152 million so‘mga chuv tushirgan «qiz» aslida kim edi?
– Rosa qiynalib ketdi-i-im, oila, ro‘zg‘or tashvishlaridan ezildim. Ko‘zlarimni «chirt» yumib, birorta xorij davlatiga ketsammikin? Pulsizlikdan, chorasizlikdan qiynaldim. Yashashdan ham umidim qolmadi, – telefon orqali yig‘lab so‘zladi «qiz».

– Yo‘q, unday qilma, Gulim, men sening muammolaringni bugunoq yechaman. Faqat sen o‘zingni qo‘lga ol!– dedi Rahmon va «qiz» jo‘natgan plastik karta raqamiga salkam 152 million so‘m pullarni hech ikkilanishlarsiz o‘tkazdi...

G‘ijduvonlik fuqaro Rahmon Umarov o‘zini «Gulnoza Olimova» deb tanishtirgan qiz bilan 2-3 oydan buyon uzluksiz telefon orqali muloqotda bo‘lib kelgan. Qo‘ng‘iroqday ovozi va telegram tarmog‘i orqali jo‘natgan betakror suratlari bilan fikri-o‘yi, xayollarini o‘g‘irlagan qiz, hatto, uni aqldan ozdirayozgan. Qiz o‘zini Xalqaro Navoiy aeroporti aviakassasida ishlashini, Navoiy shahrida ijarada yashab kelayotganini aytgan.

Kunlarning birida «qiz» yigitga qo‘ng‘iroq qilib, ijara pulini bera olmayotganini, uy egasi uni uydan chiqarib yubormoqchi bo‘layotganini aytib, Rahmon Umarovda rahm va achinish tuyg‘usini oshirgan. Plastik kartalariga zudlik bilan pul tushirib berishini iltimos qilib, yig‘lagan. Rahmon Umarov salkam 152 million so‘m pullarni hech e’tirozlarsiz uning tomonidan yuborilgan plastik kartalarga ko‘chirib bergan.

Oradan ko‘p o‘tmay, Rahmon Umarov uzoq vaqtdan buyon telefon orqali muloqotda bo‘lib, hatto, unga ipsiz bog‘lanib qolgan sevgilisi aslida, «qiz» emas, 28 yoshli erkak ekanini bilib qolgan. Va o‘zining aldanib, bir firibgarga «chuv» tushgani haqida huquq-tartibot idoralariga ma’lum qilgan. Holat yuzasidan olib borilgan tergov va sud-tergov harakatlari davomida haqiqatan ham «Gulnoza Olimova» qiz bola emas, aslida qashqadaryolik Farid Botirov bo‘lib chiqqan. O‘rganilishicha, aybdor firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarining faqatgina 25 million so‘minigina o‘z egasiga qaytara olgan. Qolganini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

«Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan ushbu sud ishi aybdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ni qo‘lladi. Buxoro viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ham aybdorga berilgan jazoni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farid Botirovga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanildi. U jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydigan bo‘ldi. Jinoyatchi o‘z qilmishiga yarasha jazosini oldi. Biroq, fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotganda, ehtiyot bo‘lishlikni, har xil nayrang va aldovlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz», – dedi Buxoro viloyati sudi sudyasi Nozimjon Jo‘rayev.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi, 24 avgust kuni, reyslar jadvali bo‘yicha 48 ta jo‘natish va 44 ta qabul qilish reyslari amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natiladigan parvoz soat 01:10 da
Oʻzbekiston 00:10, 24-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
Bugungi reyslar jadvaliga ko‘ra, aeroportda jami 36 jo‘nash va 37 kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nash soati 01:10 da, eng kech esa 22:40 da belgilangan.
Oʻzbekiston 00:10, 29-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy 40 ta jo‘natish va 41 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 00:25 da amalga oshsa, oxirgi reys 23:50 da
Oʻzbekiston 00:10, 23-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 22 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 22 avgust
Bugungi kunda aeroportdan 34 ta jo‘natish va 36 ta kelish reyslari amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soati 01:10 da, eng kech esa 22:40 da belgilangan. Kelishlar
Oʻzbekiston 00:10, 22-08-2025
Trump Phone T1 dizayni Galaxy S25 Ultra ga o‘xshadi
Trump Phone T1 dizayni Galaxy S25 Ultra ga o‘xshadi
Trump Phone T1 smartfonining chiqarilishiga oz qolganligi haqida ilgari ma’lumot berilgan edi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Tramp Mobile ijtimoiy tarmog‘ida taqdim etilgan yangi renderlar
Texnologiya 17:45, 24-08-2025