Bugun
Samoshnikovning ahvoli agenti tomonidan ma’lum qilindi
+29°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Surxondaryoda narkokuryer 82,5 kg giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

Jamiyat
113
Surxondaryoda narkokuryer 82,5 kg giyohvand modda bilan qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro DXX va ichki ishlar organlari o‘tkazgan tezkor tadbirda 82 kg. 478 gr. «opiy» giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Uzun tumanidagi xufiya joyda qoldirib ketilgan moddani 2000 dollar evaziga mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining noturar binosiga yashirayotgan joyida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u olgan xizmat xaqi evaziga, tojikistonlik narkosavdogarning ko‘rsatmasiga asosan, giyohvandlik moddasini kelgusida belgilangan joyga eltishni maqsad qilgan.

Shuningdek, DXX va IIV xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sintetik giyohvandlik vositalarini «zakladka» tarzida joylashtirayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Boshqa bir holatda esa Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 2001 va 2002 yillarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 2 nafar shaxs Rossiyadan xalqaro pochta jo‘natmalari orqali 7 kg. 313 gr. sintetik kannabinoid analogi bo‘lgan «5-Fluro-ADB» giyohvand moddasini qabul qilib olganlarida qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur giyohvand modda O‘zbekistonga boshqa tovar nomi ostida plastik idishlarda yuborilgan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Fayzullayev ishtirok etgan finalda SSKA Rossiya kubogini yutib oldi! (video)
Fayzullayev ishtirok etgan finalda SSKA Rossiya kubogini yutib oldi! (video)
Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol muhlislari uzoq kutgan o‘yin — Rossiya kubogi superfinali bo‘lib o‘tdi. Unda “SSKA” va “Rostov” jamoalari bosh sovrin uchun bahslashdi. Bellashuv katta
Sport 09:48, 2-06-2025
Ali Abdel-Aziz: “Ankalayevning iyagi Pereyranikidan mustahkam – revanshda braziliyalikka oson bo‘lmaydi”
Ali Abdel-Aziz: “Ankalayevning iyagi Pereyranikidan mustahkam – revanshda braziliyalikka oson bo‘lmaydi”
MMA olamida taniqli menejerlardan biri sanaladigan Ali Abdel-Aziz UFC yarim og‘ir vazn toifasidagi chempion Magomed Ankalayev va Aleks Pereyra o‘rtasidagi ehtimoliy revansh jangga nisbatan o‘z
Sport 14:12, 16-05-2025
Ukrainada Mirage 2000 samolyotida texnik nosozlik yuz berdi
Ukrainada Mirage 2000 samolyotida texnik nosozlik yuz berdi
Ukraina havo kuchlari seshanba kuni kechqurun mamlakat g‘arbida Mirage 2000 turidagi qiruvchi samolyot bilan yuzaga kelgan aviatsiya hodisasi haqida ma’lumot berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo 13:18, 23-07-2025
Jennifer Lopes va Ben Afflek ajrashdi: Gollivud yulduzlarining sevgi qissasi yakuni
Jennifer Lopes va Ben Afflek ajrashdi: Gollivud yulduzlarining sevgi qissasi yakuni
Gollivudning eng mashhur juftliklaridan biri – Jennifer Lopes va Ben Afflekning munosabatlari rasman tugadi. Ular uzoq yillik muhabbat hikoyasidan soʻng yana bir bor oʻz yoʻllarini ajratishga qaror
Madaniyat 21:48, 14-02-2025
Yoshlar uchun orzudagi ish: iQOO 2000 dollar maosh bilan o‘yinlar bosh direktori izlamoqda
Yoshlar uchun orzudagi ish: iQOO 2000 dollar maosh bilan o‘yinlar bosh direktori izlamoqda
Hozirgi kunda geyming nafaqat hordiq chiqarish usuli, balki haqiqiy kasbga ham aylanib bormoqda. Agar siz smartfonda o‘ynashni yaxshi ko‘rsangiz va o‘yin dunyosini yaxshi tushunsangiz, demak,
Dunyo 18:45, 24-03-2025