Bugun
Holann: Manchester Siti endi boshqacha jamoa
+32°
ясно ветер 2.1 м/с, СЗ

AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat
124
AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida pul evaziga AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Shirin shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda F.R. ismli shaxs fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, o‘zi va uning tanishini 38 ming dollar evaziga AQSHga ishga yuborish va viza olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan pullar hisobidan 52 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. ismli shaxs (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQSHga ishga yuborishi evaziga 14 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
“Pulni ko‘paytirib beraman” deb aldagan feyk treyder Toshkentda ushlandi (video)
“Pulni ko‘paytirib beraman” deb aldagan feyk treyder Toshkentda ushlandi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Muhammad deb tanishtirib, minglab fuqarolarni mablag‘laridan mahrum qilgan firibgar Toshkent shahrida ushlangani haqida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov-qidiruv
Jamiyat 17:05, 8-05-2025
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025 yilning birinchi yetti oyida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Jamiyat 01:27, 11-08-2025
Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi
Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi
Foto: Videodan kadr Andijon shahrida yashovchi shaxs fuqarolarni Yaponiya davlatiga ishga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon tarqatib, ko‘pchilikning ishonchiga kiradi. Ammo, u
Jamiyat 12:57, 28-02-2025
Buxorolik erkakni 152 million so‘mga chuv tushirgan «qiz» aslida kim edi?
Buxorolik erkakni 152 million so‘mga chuv tushirgan «qiz» aslida kim edi?
– Rosa qiynalib ketdi-i-im, oila, ro‘zg‘or tashvishlaridan ezildim. Ko‘zlarimni «chirt» yumib, birorta xorij davlatiga ketsammikin? Pulsizlikdan, chorasizlikdan qiynaldim. Yashashdan ham umidim
Jamiyat 13:21, 25-03-2025