Bugun
Lovchev: Spartakning asosiy hujumchisi muammo yaratmoqda
+32°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat
120
Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda, mazkur tuman hokimligi tomonidan bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan shirkatning 2 nafar a’zosiga dala hovli qurish maqsadida ajratib berilgan 20 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, o‘zini go‘yoki ushbu yer uchastkasining egasi deb tanishtirgan fuqaro ham yer maydonini xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga ushbu 230 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Bo‘stonliq tumanida qayd etilgan yana bir holatda fuqaro o‘zining qarindoshiga tuman hokimligining 2008 yildagi qaroriga asosan Chirchiq daryosining muhofaza zonasidan obodonlashtirish hamda qayiqlar to‘xtash joyi barpo etish uchun ajratib berilgan 36 sotix yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shuningdek, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, jami 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, unga Bo‘stonliq tumanida joylashgan va 8 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan 72,6 sotix noturar yer maydonining har bir sotixini 14 900 AQSH dollaridan hisoblab, jami 1 mln 81 ming 740 AQSH dollariga sotishga kelishishadi.

Shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ushbu yer maydonini turar joy toifasiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli uy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 110 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Jahon chempionatiga chiqish uchun bu qadar yaqin kelmagandik
Jahon chempionatiga chiqish uchun bu qadar yaqin kelmagandik
Ertaga, 3 aprel kuni navbatdagi U-17 Osiyo chempionati start oladi. O‘smirlar o‘rtasidagi ushbu qit’a birinchiligi 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa mezbonligini
Sport 18:08, 2-04-2025
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Britaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Land Rover o‘zining eng afsonaviy modellaridan biri — Defender'ning modernizatsiya qilingan versiyasini rasman namoyish qildi. Yangi
Avto 12:48, 30-05-2025
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Avtomobil sanoati yillar davomida hayratlanarli ixtirolarga boyib bormoqda. Noodatiy avtomobillarni ishlab chiqarish uchun esa nafaqat zamonaviy texnologiya, balki chuqur muhandislik va dizaynerlik
Avto 08:03, 25-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025