Bugun
Kalamushlar soni shaharlarida keskin oshmoqda
+24°
ясно ветер 3.1 м/с, С

O‘zbekistonda 2025 yilda 600 ming gektardan ortiq maydonda chigirtka tarqalishi kutilmoqda

Jamiyat
186

O‘zbekistonda 2025 yilda 600 ming gektardan ortiq maydonda chigirtka tarqalishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 2025 yilda 608,1 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalishi prognoz qilinmoqda. Bu esa qishloq xo‘jaligi ekinlari va yaylovlarga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, mart-aprel oylari chigirtkaga qarshi kurash xizmati otryadlari uchun muhim davr hisoblanadi. Hozirda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida keng ko‘lamli kimyoviy kurash tadbirlari olib borilmoqda.

Monitoring va kurash choralari

2025 yil fevral-mart oylarida 424 ming gektar maydonda chigirtkalarga qarshi kuzatuv-nazorat ishlari amalga oshirildi. Monitoring natijalari Locust.uz axborot dasturiga kiritildi. Bu esa zararli hasharotlarning tarqalishini oldindan aniqlash va kurash choralarini samarali tashkil etish imkonini bermoqda.

Kimyoviy ishlovlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi texnika va vositalar tayyor holga keltirildi:
- 42 ta maxsus avtomashina,
- 181 ta traktor,
- 69 ta OVX-600 va 113 ta VP-1 purkagich,
- 584 ta motorli qo‘l purkagich,
- 28 ta suv tashuvchi transport vositasi.

Bundan tashqari, zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etish va samarali o‘tkazish maqsadida otryadlarning dislokatsiya xaritasi ishlab chiqildi. Shuningdek, alohida mobil ishchi guruhlar tashkil etildi.

Hozirgacha amalga oshirilgan ishlar

22 martdan boshlab Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 5468 gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazildi. Mazkur viloyatlarda jami 30 ta otryad faoliyat yuritmoqda, ularda 276 ta mutaxassis jalb etilgan. Shuningdek, Jizzax viloyatida ham chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari boshlandi.

O‘zbekiston – chigirtkalarning tarixi areali

Iqlim sharoiti tufayli O‘zbekiston chigirtkalarning rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay hudud hisoblanadi. Mamlakatda 200 dan ortiq turdagi chigirtkalar uchraydi, shulardan 6-8 turi to‘da hosil qilish xususiyatiga ega. Ushbu zararli hasharotlar qishloq xo‘jaligi ekinlariga, saksovulzorlar va yaylovlarga katta ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababli, har yili ularga qarshi kimyoviy kurash tadbirlari o‘tkaziladi.

Fuqarolar uchun ma’lumot

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi zararli chigirtka tarqalgan hudud haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan quyidagi telefon raqamlari orqali xabar berishlarini so‘ragan:
? 1288
? 71 202 28 88

Eslatib o‘tamiz, zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov bepul amalga oshiriladi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

22 yillik tarix tugadi: Skype rasman yopildi, Microsoft Teams uni almashtiradi
22 yillik tarix tugadi: Skype rasman yopildi, Microsoft Teams uni almashtiradi
22 yil davomida butun dunyo bo‘ylab odamlarni yaqinlashtirgan Skype rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 5 may kuni Microsoft kompaniyasi tanish va sevimli messenjer — Skype'ning barcha
Texnologiya 18:26, 6-05-2025
Instagram yangi xarita funksiyasini ishga tushirdi
Instagram yangi xarita funksiyasini ishga tushirdi
Instagram o‘z platformasida yangi “Instagram Map” funksiyasini joriy etdi va shu bilan Snapchat xizmatiga raqobat yaratmoqda, deb TechCrunch xabar berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangi
Texnologiya 03:54, 7-08-2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
2024 yilda global miqyosdagi avtomobillar sotuvi 88,2 million donani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. Xo‘sh, o‘tgan yili avtomobil sanoatida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? LMC
Avto 17:57, 23-03-2025
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025