Bugun
Amitabx Bachchan: Hind kino afsonasi va oilasi
+33°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Taksi haydovchilariga maxsus ajratilgan yo‘lakda harakatlanish huquqi beriladi

Jamiyat
123

Taksi haydovchilariga maxsus ajratilgan yo‘lakda harakatlanish huquqi beriladi
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
  • aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
  • yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.


Bundan tashqari, 2025 yil 15 apreldan 2026 yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Bunda o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilgani uchun davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida undiriladi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda yangi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy qilindi
Toshkentda yangi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy qilindi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati 24 apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati sinov tartibida ishga
Avto 08:42, 25-04-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida
Iqtisodiyot 20:17, 8-04-2025
O‘zbekistonda yangi avtomobil olish uchun yangi dastur boshlandi
O‘zbekistonda yangi avtomobil olish uchun yangi dastur boshlandi
O‘zbekistonda yangi avtomobil sotib olishni istaganlar uchun “Trade-up” dasturi joriy etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu dastur 22 avgust kuni hukumat qarori bilan rasmiy tasdiqlandi.
Oʻzbekiston 22:56, 26-08-2025
Toshkentda inspektorni haqorat qilgan erkak qamoqqa olindi
Toshkentda inspektorni haqorat qilgan erkak qamoqqa olindi
Toshkent shahrida 43 yoshli erkak Poytaxt Parking kompaniyasining eshitish va nutq qobiliyati cheklangan inspektorini haqorat qilgani uchun uch kunga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqida Upl.uz xabar
Jamiyat 08:07, 26-08-2025