Bugun
Gravina Milan-Bologna uchrashuvida hakam xatosini tan oldi
+30°
небольшая облачность ветер 3.1 м/с, ЮЗ

2025 yil bahor mavsumida 300 mingta daraxt ko‘chatlari ekiladi

Jamiyat
104
2025 yil bahor mavsumida 300 mingta daraxt ko‘chatlari ekiladi
Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Mahalla yoshlarining ma’naviyat bog‘i” tashkil etildi. Dastlab yer maydonlarida sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yilib, daraxt ekishga tayyorlandi. Bog‘ hududida 8,5 gektar maydonga pavlovniya, oqterak, majnuntol, gilos, tut, tok, qayrag‘och kabi 7 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika bo‘ylab 2024 yil davomida 155 ming yoshlarga bo‘lib berilgan, 60 ming gektar yer maydoniga hamda “Yoshlar yashil bog‘lari”ga yoshlar tomonidan 1 165 189 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

2025 yil bahor mavsumida respublikaning 121 ta shahar, tumanlarida “Yoshlar yashil bog‘lari” tashkil etilib, 300 ming dona daraxt ko‘chatlari ekiladi. Mazkur tadbirlarda Yoshlar parlamenti a’zolari, ekofaollar, talabalar va yosh olimlar, kitobxonlar, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, jurnalist va blogerlar, sportchilar, san’atkorlar, yosh tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari, qariyb 50 mingga yaqin yoshlar faol ishtirok etishi belgilangan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

189 ball to‘plaganlar davlat grantiga qabul qilindi
189 ball to‘plaganlar davlat grantiga qabul qilindi
Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘tkazilayotgan qabul jarayonlari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Uning so‘zlariga
Oʻzbekiston 03:43, 18-08-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
Rossiya armiyasi Ukrainada 121 mingdan ko‘p halok bo‘ldi
Rossiya armiyasi Ukrainada 121 mingdan ko‘p halok bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan keng qamrovli harbiy harakatlarda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar soni kamida 121 507 nafarga yetgani ma’lum qilindi. Bu haqida
Dunyo 18:30, 2-08-2025