Bugun
Omskda o‘zbekistonlikka 4 yil qamoq jazosi berildi
+9°
дымка ветер 2.1 м/с, В

Ramazon oyi bu yil 1 martdan boshlanishi e’lon qilindi

Jamiyat
113
Ramazon oyi bu yil 1 martdan boshlanishi e’lon qilindi
2025 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi taqdim etgan axborot prezident farmonida e’lon qilindi.

Farmonga muvofiq, Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

“Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:
  • ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
  • oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
  • atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor berilsin”, – deyiladi hujjatda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar