Bugun
Isroilda falastinlik bola haqidagi film mukofotlandi
+25°
ясно ветер 4.1 м/с, ЮЗ

Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi tortiladi

Jamiyat
110
Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi tortiladi
Foto: Urgut tumani hokimligi
Jomboy tumanidan Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan yangi tarmoq “Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy mucandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etiladi.

Yangi temiryo‘l tarmog‘i Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanadi va 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, Zarafshon daryosi bo‘ylab davom etadi. Daryoda maxsus temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi.

So‘ng Toyloq va Samarqand tumanlari davom ettirilib, Urgut tumaniga boradi. Temiryo‘l o‘tadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi.

Masalan, Tojikiston bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yaqinida bekat quriladi. Bu esa tojikistonliklarga yurtimiz bo‘ylab temiryo‘l orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.

“Mazkur yangi tarmoq yurtimiz temiryo‘l sohasidagi yirik loyihalardan biri. Bu orqali nafaqat “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi korxonalarining transport tarmog‘i yaxshilanadi, shu bilan birga aholi uchun qulaylik yaratiladi, hududda sayyohlik rivojlanadi”, deydi “Temiryo‘l loyihasi” MCHJ direktori Rasuljon Ro‘ziyev.

Qayd etilishicha, yangi temiryo‘l qurilishiga start berilgan va unda transport vaziri Ilhom Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va boshqa mas’ullar ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, qariyb 600 ming aholi yashayotgan va minglab korxonalar joylashgan Urgut tumaniga shu paytgacha temiryo‘l liniyasi tortilmagan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
18 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha 37 jo‘natish va 40 kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 01:10 da boshlanib, oxirgi samolyot 23:20 da havoga
Oʻzbekiston 00:10, 18-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi, 24 avgust kuni, reyslar jadvali bo‘yicha 48 ta jo‘natish va 44 ta qabul qilish reyslari amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natiladigan parvoz soat 01:10 da
Oʻzbekiston 00:10, 24-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi, 16 avgust kuni aeroportda jami 37 ta reys amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nab ketish soati 06:45 da boshlanib, oxirgi parvoz esa 23:50 da amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston 07:03, 16-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi kunda aeroportdan jami 40 ta reys jo‘natilishi rejalashtirilgan. Eng erta parvoz soat 01:10 da amalga oshirilsa, kechgi soat 23:40 da so‘nggi reys uchadi, deb xabar berdi uzairways.com.
Oʻzbekiston 00:10, 20-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy 40 ta jo‘natish va 41 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 00:25 da amalga oshsa, oxirgi reys 23:50 da
Oʻzbekiston 00:10, 23-08-2025