Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Turkiyada taniqli san’atkorlar hibsga olindi

Madaniyat
77
Turkiyada taniqli san’atkorlar hibsga olindi
Turkiya shou-biznesida katta voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda taniqli san’atkorlar va aktyorlar giyohvand moddalarni targ‘ib qilish hamda kontrabanda bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda 8-oktyabr kuni Halk TV telekanali xabar berdi.

Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shou-biznesda faoliyat yurituvchi bir nechta mashhur shaxslarga nisbatan maxsus tergov harakatlari olib borildi. Ushbu operatsiyada Hadise, Dilan va Engin Po‘lat, Simge Sag‘in, Demet Evgar va Kubilay Aka kabi san’atkorlar ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi.

Hibsga olinganlar ro‘yxati ancha keng bo‘lib, unda Birse Akalay, Birsen Berrak Tuzunatach, Jeren Moray Orjan, Deren Tal-u, Duygu O‘zaslon Mutaf, Feyza Altun, Irem Deriji, Qaan Yildirim, Mert Yazidjiog‘lu, Metin Akdyulger, O‘zge O‘zpirinchchi, Zaynab Merich Aral Keskin va Ziynet Sali kabi shaxslar ham borligi aytilmoqda. Hozirda ular Istanbul viloyatining jandarmiya boshqarmasida so‘roq qilinmoqda va qon tahlillaridan o‘tkazilmoqda.

Qo‘shiqchi Irem Deriji advokati Oyshagul Mermer jurnalistlarga bergan izohida ish tafsilotlari haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmaganini ma’lum qildi. U barcha ma’lumotlar rasmiylashtirilgach, jamoatchilikka aniq axborot taqdim etilishini bildirdi.

Ziynet Sali advokati esa mijozining hozirda xorijda ekanligini, so‘roqda qatnasha olmaganini aytdi. U qaytgach, o‘z ko‘rsatmasini berishini ta’kidladi.

Shuningdek, Ziynet Sali hech qachon sigaret chekmagan va hech qanday jinoyatchilik guruhiga aloqasi yo‘qligini bildirgan. Bundan tashqari, Sözcü nashri xabariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida tilga olingan qo‘shiqchi Simge Sag‘inning advokati ham bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Simge Sag‘in bir haftadan beri AQSHda bo‘lib, hozir Turkiyada emas. Shu yil fevral oyida esa turk pop yulduzi Sardor O‘rtach noqonuniy qimor o‘yinlarini targ‘ib qilgani uchun sud tomonidan 10 oy qamoq jazosiga va 400 lira jarimaga hukm qilingan edi.

Ushbu voqealar Turkiya shou-biznesida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026