Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, В
ENRU

Yosh rejissyor noodatiy usul bilan stajirovka oldi

Madaniyat
66
Yosh rejissyor noodatiy usul bilan stajirovka oldi
AQShlik yosh rejissyor Darshan Patel o‘zini tanitish uchun noodatiy usulni qo‘llab, mashhur sahnalashtiruvchi Oskar Boyson bilan stajirovka qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Business Insider xabar berdi. Patelning aytishicha, u Boyson bilan bog‘lanishga bir necha bor uringan, ammo ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochta orqali murojaatlari natijasiz bo‘lgan.

Shundan so‘ng u kutilmagan usulni sinab ko‘rishga qaror qiladi. Patel Venmo to‘lov servisida Boysonning akkauntini topib, unga “Bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlash uchun” degan izoh bilan 50 sent va o‘z rezyumesiga havola yuboradi.

“Bu g‘oya kutilmaganda paydo bo‘ldi. Keyin esa o‘z-o‘zimdan: ‘Men nima qildim?’ deb o‘yladim.

Bu ish har xil natija bilan tugashi mumkin edi,” — deydi Patel. Oradan bir oy o‘tib, Patel Boysonga rasmiy maktub yo‘llab, Venmo orqali amalga oshirgan tranzaksiyasini yana bir bor eslatadi.

Bunga javoban Boyson uni suhbatga taklif qiladi va natijada Patel stajirovka qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. “Ishni boshlaganimizda o‘sha Venmo yubormasi haqida kulib gaplashib oldik,” — deydi Patel.

Mazkur stajirovka Patelga professional aloqalar o‘rnatish va kino sohasida o‘z o‘rnini topishga yordam berdi. Yosh rejissyorning avvalgi yutuqlari ham e’tiborga loyiq: uning “Lu va Jeyn” nomli qisqa metrajli filmi Chelsi kinofestivalida namoyish etilgan.

Shu yilning yozida u yana uchta qisqa metrajli filmni suratga oldi va hozirda to‘liq metrajli film ustida ishlamoqda. Hozirda Patel o‘zining marketing agentligini boshqaradi, ammo asosiy e’tiborini kinoga qaratmoqda.

U kelajakda rejissyorlik va prodyuserlik faoliyatiga to‘liq o‘tib, mustaqil kinostudiya tashkil etishni maqsad qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026