Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Renuarning noma’lum kartinasi 1,8 mln yevroga sotildi

Madaniyat
32
Renuarning noma’lum kartinasi 1,8 mln yevroga sotildi
Per Ogyust Renuarning ilgari noma’lum bo‘lgan kartinasi Parijda bo‘lib o‘tgan Drouot auksionida 1,8 million yevroga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu asarda rassomning o‘g‘li Jan va uning enagasi tasvirlangan. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.

Moybo‘yoqda ishlangan "Bola va uning o‘yinchoqlari - Gabriel va rassomning o‘g‘li Jan" nomli ushbu polotno ilgari na ko‘rgazmalarda namoyish etilgan, na sotuvga qo‘yilgan. Rasm Jan Renuarning cho‘qintirgan onasi Janna Bodoga tegishli bo‘lgan.

Janna Bodo nafaqat rassomning yaqin do‘sti, balki uning shogirdi ham edi. San’atshunos Paskal Perrenning ta’kidlashicha, ushbu polotno hech qanday restavratsiyadan o‘tmagan va juda yaxshi holatda saqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 1894 yilda tug‘ilgan Jan Renuar keyinchalik mashhur rejissyorga aylangan. U 1975 yilda "Alohida yutuqlar" uchun "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan.

U yaratgan mashhur filmlar orasida Birinchi jahon urushi davrida ikki fransuz harbiy asirining nemis asirligidan qochishga urinish tarixiga bag‘ishlangan "Buyuk illyuziya" kartinasi ham mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026