Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

Feruza Normatova unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Madaniyat
42
Feruza Normatova unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi
Aktrisa Feruza Normatova o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlar va yozilgan ariza haqida keskin munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u Instagram sahifasida joylashtirilgan videoda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy xat orqali uni “ma’muriy javobgar shaxs” sifatida ayblashgan, biroq aktrisa bu holatni asossiz deb hisoblaydi.

Videoda Feruza o‘z fikrlarini quyidagicha izohladi: “Biz oddiy hayot kechira olmaymizmi? Baxtli yashashga haqqimiz yo‘qmi?

Mening ustimdan ham yozib berishibdi. Endi meni ham ayblashmoqchimisizlar?

Uyimizga rasmiy xat kelibdi. Lekin men hech qanday huquqbuzarlik qilmagan bo‘lsam, qanday qilib meni aybdor qilish mumkin?

Ayblayotgan odam men emasman, bunga aminman.” Shuningdek, aktrisa ayrim mas’ul xodimlarning faoliyatini ham qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi. U quyidagicha fikr bildirdi: “Ba’zi qonun xodimlarini ham tekshirish kerak.

Ularning faoliyati yuzasidan ham tekshiruv o‘tkazilishi shart, deb hisoblayman.” Feruza Normatovaning ushbu murojaati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik uning so‘zlariga qo‘llab-quvvatlov bildirgan bo‘lsa, ayrimlar bu masalada turli fikrlarni bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026