Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Dilnoza Kubayeva: "Erkinlik va ijod – hayotim mazmuni"

Madaniyat
42
Dilnoza Kubayeva:
O‘zbekistonda taniqli xonanda va aktrisa Dilnoza Kubayeva o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirayotgani, yangi qo‘shiqlar, kliplar va spektakllar ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U shuningdek, nima sababdan hozircha oila qurmayotganini ham ochiq tushuntirdi. Dilnoza Kubayeva o‘z hayoti haqida shunday deydi: “Hozirgi hayotimdan mamnunman.

Yangi qo‘shiqlar yaratib, kliplar suratga olib, spektakllarda ishtirok etyapman. Hayotim tinch va sokin.

Hamma narsani ijoddan topyapman. Agar mening ijodimni to‘liq tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan inson uchrasa, albatta, oila qurishga tayyor bo‘laman”.

Shu bilan birga, aktrisa ikkinchi xotinlikka umuman rozi bo‘lmasligini qat’iy ta’kidladi. U o‘z shaxsiy hayoti va erkinligini juda qadrlashini aytib, “Bu erkimni endi qo‘ldan boy bera olmayman”, deya o‘z fikrini yakunladi.

Dilnoza Kubayeva o‘z so‘zlari orqali erkinlik va ijod uning hayotida asosiy o‘rinni egallashini ta’kidladi. Uning fikricha, hayotdagi eng muhim narsa – insonning o‘zini erkin his qilib, sevimli ishini davom ettirishi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026