Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

“Qora kiyimlilar 5” ustida ish boshlandi

Madaniyat
54
“Qora kiyimlilar 5” ustida ish boshlandi
Gollivudda yana bir katta yangilik: Sony Pictures kompaniyasi mashhur “Qora kiyimlilar” franshizasining beshinchi qismi ustida ish boshlaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Variety nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, yangi film o‘zining avvalgi uslubini saqlab qolgan holda — hazilga boy va dinamik fantastik muhitni yana tomoshabinlarga taqdim etishni maqsad qilgan. Mazkur loyiha ustida ssenariy muallifi sifatida “Yomon bolalar” filmlari bilan tanilgan Kris Bremner ishlamoqda.

Uning bunday loyihalardagi tajribasi va Uill Smit bilan avvalgi hamkorligi franshiza uchun muhim ustunlik sifatida qayd etilmoqda. Shu bilan birga, ko‘pchilikni qiziqtirayotgan asosiy savol — Tommi Li Jons va Uill Smit o‘z rollariga qaytadimi, degan masala hozircha ochiq qolmoqda.

Variety nashrining ta’kidlashicha, bu borada hali rasmiy tasdiq yoki rad javobi berilmagan. Eslatib o‘tamiz, dastlabki “Qora kiyimlilar” filmi 1997 yilda katta ekranlarga chiqqan edi.

Film Yerda yashirincha yashovchi begona hayot shakllarini nazorat qiluvchi maxfiy tashkilot — MIB faoliyati haqida hikoya qilgan. Bu film o‘ziga xos hikoyasi va qahramonlari bilan jahon kinosida o‘chmas iz qoldirgan.

Shunga qaramay, 2019 yilda suratga olingan “Qora kiyimlilar: Xalqaro” filmi Uill Smit ishtirokisiz ishlangan va 253,9 million dollar daromad keltirgan bo‘lsa-da, kutilgan muvaffaqiyatga erisha olmagan edi. Ko‘plab muxlislar ushbu qismda franshizaning o‘ziga xos ruhini to‘liq his qila olmaganlarini ta’kidlagan.

Endi esa ijodiy guruh franshizani qayta jonlantirishni, nostalgiya va zamonaviy fantastika talablarini uyg‘unlashtirishni rejalashtirmoqda. Yangi qismda yangi qahramonlar paydo bo‘lishi, shuningdek, mashhur agentlarning qaytishi ham ehtimol qilinmoqda.

Yaqin oylarda film jamoasi va aktyorlar tarkibi haqida batafsil ma’lumot berilishi kutilmoqda. MIB olami yana bir bor katta qiziqish bilan ekranlarga qaytishga tayyor.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026