Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+18°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Katta teatrda "Shelkunchik" baleti namoyish etiladi

Madaniyat
35
Katta teatrda
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Pyotr Chaykovskiyning yangilangan "Shelkunchik" baleti namoyish etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu spektakl 23, 24, 26, 27, 28, 30 va 31-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2023 yilda "Shelkunchik" baletining zamonaviy talqini rejissyor Maksim Petrov tomonidan sahnalashtirilgan.

Ushbu yangi talqin klassik hikoyani yanada boyitib, uni yorqin sahna sayohatiga aylantiradi. Unda oilaviy oqshomdan boshlab sichqonlar qo‘shini bilan afsonaviy janglar va kosmik ertaklar tasvirlanadi.

Spektaklning musiqiy qismiga dirijyor Alibek Qabdurahmonov rahbarlik qiladi. Sahna bezaklari va liboslar esa tomoshabinlarga yanada kuchli taassurot qoldirish uchun maxsus tayyorlangan.

Mazkur ijroda O‘zbekistonning yetakchi ijodiy jamoalari ishtirok etadi. Jumladan, Katta teatrning balet truppasi, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, shuningdek, "Bulbulcha" bolalar xor va raqs ansambli sahnada o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Chiptalarni iTicket platformasi orqali xarid qilish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026