Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Kalkuttada Messi sharafiga 21 metrlik haykal ochildi

Madaniyat
43
Kalkuttada Messi sharafiga 21 metrlik haykal ochildi
Bugun, 13-dekabr kuni, dunyo futbolining afsonaviy vakili Lionel Messi Hindistonning Kalkutta shahrida bo‘lib, mashhur hind aktyori Shohruh Xon bilan uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbir davomida Messi sharafiga o‘rnatilgan 21 metr balandlikdagi haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haykal virtual ravishda ochildi va bu voqea Kalkuttadagi Cri Bhumi sport klubi hududida tashkil etildi.

Tadbirda Lionel Messidan tashqari uning jamoadoshlari Luis Suares va Rodrigo De Paul ham ishtirok etdi. Shuningdek, Shohruh Xon va uning kenja o‘g‘li Abram Xon ham marosimda qatnashib, Messi bilan birgalikda suratga tushishdi.

Bu uchrashuv futbol va kino san’ati ishqibozlari uchun unutilmas voqea bo‘ldi. Messi sharafiga o‘rnatilgan haykal Kalkutta shahrining Janubiy Dum-Dum mahallasida joylashgan.

Ushbu haykal Messining qo‘lida Jahon chempionati kubogi bilan tasvirlangan bo‘lib, u atigi 40 kun ichida qurib bitkazilgan. Texnik qiyinchiliklarga qaramay, haykal o‘z vaqtida tayyor bo‘lgani tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026