Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

“Oltin Humo – 2025” g‘oliblari e’lon qilindi

Madaniyat
58
“Oltin Humo – 2025” g‘oliblari e’lon qilindi
2025-yilgi “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti har yilgidek yurtimiz kinematografiyasi uchun muhim voqea bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tadbirda kino san’ati rivojiga hissa qo‘shgan ustoz san’atkorlar va yil davomida eng yaxshi deb topilgan filmlar hamda ijodkorlar taqdirlandi. Dastlab “O‘zbek kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofotlar topshirildi.

Bu mukofot bilan O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova, kinobastakor Mirhalil Mahmudov, san’atshunos olima va professor Sabohat Hayitmatova hamda “Shuhrat” medali sohibi, grim rassomi Baxtiyor Temirov taqdirlandi. Shundan so‘ng “Oltin Humo – 2025” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

Eng yaxshi hujjatli film nominatsiyasida Jahongir Ahmedovning “Oq oltin balosi” filmi g‘olib bo‘ldi. Animatsiya yo‘nalishida esa Azizbek Muhammedovning “Aqlli qizaloq” filmi eng yaxshi deb topildi.

Texnik va ijodiy yo‘nalishlarda ham bir qator ijodkorlar yuksak baholandi. “Bahorni quvib” filmi ovoz rejissyorligi va ssenariysi uchun alohida ta’kidlandi.

Eng yaxshi aktyorlik nominatsiyasida Yulduz Rajabova va Ulug‘bek Muhammadkarimov g‘olib bo‘ldi. Taqdimotning asosiy mukofoti, ya’ni yilning eng yaxshi filmi unvoni “Maxtumquli firog‘iy” kartinasiga nasib etdi.

Shu tariqa, “Oltin Humo – 2025” o‘zbek kinosidagi ijodiy mehnat va professional yondashuvning yuksak tantanasi sifatida yodda qoldi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026