Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

“Ajdaho uyi” seriali to‘rtinchi mavsumda yakunlanadi

Madaniyat
52
“Ajdaho uyi” seriali to‘rtinchi mavsumda yakunlanadi
“Ajdaho uyi” serialining prodyuseri Rayan Kondal loyiha yakunlanayotganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Escape Hatch podkastida bergan intervyusida serial to‘rtinchi mavsum bilan tugashini tasdiqladi. Ushbu xabar serial muxlislarini hayratda qoldirdi, chunki ular loyihaning uzoq davom etishini kutishgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, uchinchi mavsumning suratga olish ishlari 2026-yil oktyabr oyida tugallangan va hozirda postprodakshn jarayoni davom etmoqda. Shu bilan birga, ijodiy guruh to‘rtinchi mavsum ssenariysi ustida ishlashni boshlagan.

Rayan Kondalning so‘zlariga ko‘ra, loyiha yakuniga yaqinlashayotgani ijodkorlarga o‘zlarining barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar qilish imkonini beradi. U tomoshabinlarni oxirgi mavsumda qiziqarli voqealar kutayotganini ta’kidladi.

“Ajdaho uyi” seriali Targariyenlar sulolasi tarixi va Temir taxt uchun olib borilgan dramatik kurashni yoritadi. Voqealar “Taxtlar o‘yini” filmidagi hodisalardan 200 yil oldin sodir bo‘lgan.

Serialning asosiy syujeti malika Reynira va uning o‘gay ukasi Eygon o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurashga qaratilgan. Loyiha Jorj Martinning “Alanga va qon” kitobi asosida suratga olingan.

Uchinchi va to‘rtinchi mavsumlar 2026-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Muxlislar yoz oylarida yangi mavsumdan ilk kadrlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, uchinchi mavsumda taniqli “Andor” serialining yulduzi ham qatnashgani ma’lum qilindi. E’tiborlisi, “Ajdaho uyi” yakuniy qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, HBO “Taxtlar o‘yini” olamini kengaytirish bo‘yicha yangi loyihalar ustida ishlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026