Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Till Lindemann Toshkentda epatajsiz konsert berdi

Madaniyat
42
Till Lindemann Toshkentda epatajsiz konsert berdi
Rammstein guruhining solisti Till Lindemann Toshkent shahrida konsert berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu galgi chiqishi odatdagidan farqli ravishda epataj va noodatiy unsurlarsiz o‘tdi. Avvalroq uning Qozog‘istondagi konsertlarida tomoshabinlar tomon baliq va piroglar uloqtirgani haqida xabarlar chiqqandi.

Toshkentdagi konsert 9-yanvar kuni Axelon Karting Centre hududida tashkil qilindi. Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, tadbirga kelgan tomoshabinlarning qariyb yarmi xorijlik bo‘lib, ularning aksariyati Rossiyadan tashrif buyurgan.

Chiptalar narxi 1,2 million so‘mdan boshlanib, VIP hududga kirish uchun 4 million so‘m belgilangan edi. Konsertga faqat voyaga yetgan shaxslar kiritildi.

8 ming kishiga mo‘ljallangan maydonning 80 foizi to‘ldi. Chiqish davomida Till Lindemann tomoshabinlarni «Davaй, davaй!» deya ruhlantirdi va konsert yakunida «Danke, спасибо!» so‘zlari bilan minnatdorlik bildirdi.

Till Lindemann — nemis musiqachisi, shoir va vokalist bo‘lib, u Rammstein guruhining bosh solisti sifatida tanilgan. U kuchli ijro uslubi va provokatsion sahna obrazlari bilan mashhur.

Shuningdek, Lindemann o‘zining yakkaxon loyihasi va she’riy to‘plamlari bilan ham ijodiy faoliyatini davom ettirib keladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026