Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Valentino Garavani 93 yoshida Rimda vafot etdi

Madaniyat
17
Valentino Garavani 93 yoshida Rimda vafot etdi
XX asr modasining eng mashhur va nufuzli dizaynerlaridan biri Valentino Garavani 93 yoshida Rim shahridagi uyida vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Valentino Garavani va Giancarlo Giammetti jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy ma’lumot berdi. U yaqinlari qurshovida osoyishta holda hayotdan ko‘z yumgan.

Valentino 1960 yilda asos solgan Valentino moda uyi orqali jahon modasida o‘ziga xos uslub va maktab yaratdi. U Giorgio Armani va Karl Lagerfeld kabi mashhur dizaynerlar qatorida modaning eng yuqori cho‘qqilaridan biriga erishgan.

Valentino brendi o‘zining qizil rangi, ya’ni “Valentino red” bilan butun dunyoda tanilgan. Ushbu rangga bo‘lgan qiziqish dizaynerning Ispaniyaga qilgan safari chog‘ida paydo bo‘lgani aytiladi.

Keyinchalik esa bu qizil rang brendning ramziga aylangan. Valentino 2008 yilda so‘nggi kolleksiyasini taqdim etganida ham qizil liboslar podiumning asosiy ko‘rinishi bo‘lgan.

Mashhur dizayner bilan vidolashuv marosimi Rim shahrida, Piazza Mignanelli maydonida 21–22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Dafn marosimi esa 23 yanvar kuni Santa Maria degli Angeli e dei Martiri bazilikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026