Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Valijon Shamsiyev yolg‘on mish-mishlarga javob berdi

Madaniyat
25
Valijon Shamsiyev yolg‘on mish-mishlarga javob berdi
So‘z ustasi Valijon Shamsiyev o‘zi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan asossiz mish-mishlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, uning go‘yoki komaga tushgani haqidagi yolg‘on xabarlar san’atkorning o‘zi va oilasining noroziligiga sabab bo‘lgan. San’atkorning qizi ham ushbu mish-mishlarga javob berib, “Agar dadam komada bo‘lsalar, unda ular mening yonimda qanday yuribdilar?” deya kinoya qilgan.

U bu orqali tarqatilgan xabarlarning haqiqatga mutlaqo mos emasligini ta’kidlagan. Valijon Shamsiyev jamoatchilikka murojaat qilib, bunday asossiz gap-so‘zlar tarqatishda ehtiyotkor va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.

Dastlab bu mish-mishlarga e’tibor bermaganini aytgan san’atkor, bo‘htonlar ko‘paygani sababli sukut saqlash imkonsiz bo‘lganini bildirdi. U sog‘lig‘i yaxshi ekanini, farzandlari ham tinch-totuv yashayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, shaxsiy hayoti haqida yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘rab, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga ariza berganini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026