Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Netflix yangi jangari filmni bahorda taqdim etdi

Madaniyat
66
Netflix yangi jangari filmni bahorda taqdim etdi
Netflix bahor oylarida kinosevarlar uchun yangi filmni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Alan Richson bosh rolni ijro etgan "Harbiy mashina" nomli fantastik jangari film o‘zining qiziqarli syujeti va yuqori sifatli tasvirlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozondi. IMDb bahosida 6,8 ball olgan ushbu film harbiy harakatlar, ilmiy fantastika va noma’lum texnologik tahdidlarni uyg‘unlashtirgan.

Film voqealari AQSh armiyasida xizmat qiluvchi ikki aka-uka atrofida sodir bo‘ladi. Topshiriq davomida o‘qqa tutilgach, faqat bosh qahramon tirik qoladi.

U marhum akasiga bergan va’dasini bajarish uchun elita reynjerlar maktabiga kiradi. Biroq mashg‘ulotlarning oxirida askarlar kutilmaganda kosmosdan kelgan sirli robotlashgan mavjudot bilan yuzma-yuz kelishadi.

Dastlab ular bu vaziyatni oddiy o‘quv mashg‘uloti deb hisoblashadi, chunki qurollarida o‘qlar yo‘q edi. Ammo tahdid real ekanligini anglab, dushmanni to‘xtatish uchun birlashishga majbur bo‘ladilar.

Film tabiiy landshaftlarda, tog‘lar, qoyalar va o‘rmonlar fonida suratga olingani sababli tomoshabinga voqealar ichida ekanlik hissini beradi. Film ortiqcha cho‘zilmasdan, voqealar tez rivojlanadi.

Taxminan yigirma nafar professional askarning harakati va ularning o‘zaro hamkorligi filmga ishonchlilik bag‘ishlaydi. Agar siz dam olish kunlari jangari va fantastik janrni sevuvchi bo‘lsangiz, "Harbiy mashina" filmiga albatta e’tibor bering.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026