Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+18°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Aktrisa Luiza Rasulova o‘zining o‘ttiz bir yoshini qarshi oldi

Madaniyat
9
Aktrisa Luiza Rasulova o'zining o'ttiz bir yoshini qarshi oldi
O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida eng ko‘p muhokama qilinadigan ijodkorlardan biri, aktrisa Luiza Rasulova yaqinda o‘zining 31 yoshini qarshi oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U san’at olamiga ilk bor 14 yoshida kliplarda rol ijro etish orqali kirib kelgan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida murakkab va ziddiyatli hayot yo‘lini bosib o‘tdi. Bolaligida bozorda kiyim-kechak sotishga majbur bo‘lgan, keyinchalik Ukrainada oliy ma’lumot olgan va bugungi kunda tantanali marosimlarda boshlovchilik qilib kelayotgan aktrisaning hayoti ko‘pchilik uchun qiziqarli.

Luiza Rasulova 1995-yil 24-aprelda Chirchiq shahrida tavallud topgan. Uning bolalik yillari oilaviy qiyinchiliklar va og‘ir mehnat bilan bog‘liq.

Aktrisa otasining vafotidan so‘ng oila tebratish mas’uliyati o‘zining va akasining zimmasiga tushganini ta’kidlaydi. O‘sha vaqtlarda onasining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Luiza maktabda o‘qish bilan birga bozorda savdo qilgan.

Onasi esa ro‘zg‘or uchun hatto yaqin qarindoshlarining uylarini tozalab, mehnat qilishga majbur bo‘lgan. Bu xotiralar aktrisaning xarakteri shakllanishida va hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishida muhim turtki bo‘lgan.

San’atga bo‘lgan qiziqish unda bolaligidanoq namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da, u aktrisa bo‘lishni rejalashtirmagan edi. Biroq otasining orzusini ushalishi uchun aynan shu sohani tanladi.

Uning kinodagi debyuti 15 yoshida "Yondiradi, kuydiradi" filmidagi kichik rol bilan boshlandi. Keyinchalik "O, Maryam, Maryam" va "Xazina" kabi kartinalarda muvaffaqiyatli obrazlar yaratdi.

Luiza Rasulova o‘z ustida ishlashdan to‘xtamay, Kiyev shahridagi san’at oliygohida tahsil oldi va oliy ma’lumotli mutaxassisga aylandi. Aktrisa o‘zining mehnatsevarligi va qat’iyati tufayli moddiy mustaqillikka erta erishganini ham faxr bilan tilga oladi.

U 19 yoshida ilk shaxsiy avtomobilini xarid qilgan bo‘lsa, 2019-yilda to‘y xizmatlari va reklama loyihalaridan to‘plagan mablag‘i evaziga Toshkent shahridan yangi xonadon sotib oldi. Luiza Rasulova bugungi kunda nafaqat aktrisa, balki faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi va tadbirkor sifatida ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Uning hayot yo‘li qiyinchiliklarni yengib o‘tish va o‘z maqsadi sari tinimsiz intilishning o‘ziga xos namunasidir.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026