Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov bugun 72 yoshni qarshi oldi

Madaniyat
34
Xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov bugun 72 yoshni qarshi oldi
Bugun, 14-iyul kuni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbek Milliy akademik drama teatrining taniqli va ardoqli san’atkori, Xalqaro Bobur mukofoti sohibi Muhammadali Abduqunduzov o‘zining 72 yoshini qarshi olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Iste’dodli aktyor 1952-yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumaniga qarashli Yaypan qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘zining ko‘p yillik sermazmun faoliyati davomida u o‘zbek teatr va kino san’ati xazinasini boyitishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi ijodkorlardan biri hisoblanadi.

Muhammadali Abduqunduzov ijodiy faoliyati davomida o‘nlab murakkab va esda qolarli obrazlarni yaratib, tomoshabinlar mehrini qozongan. U teatr sahnasida Ferdinand, Otabek, Husayn Boyqaro, Umarxon va Cho‘lpon kabi tarixiy hamda zamonaviy qahramonlar siymosini yuksak mahorat bilan gavdalantirgan.

Shu bilan birga, aktyor ishtirokidagi Bobur, Layli va Majnun, Mehrobdan chayon hamda Kecha va kunduz kabi videofilmlar o‘zbek kinosining durdonalari qatoridan joy olgan. Ayniqsa, uning Bobur Mirzo obrazidagi vazmin, teran va falsafiy talqini san’atshunoslar hamda keng jamoatchilik tomonidan yuksak baholanib, aktyor ijodining cho‘qqisi sifatida e’tirof etiladi.

Ustoz san’atkor nafaqat aktyorlik mahorati, balki o‘zining insoniy fazilatlari, madaniyati va san’atga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan ham yosh ijodkorlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Uning har bir ijrosi zamirida chuqur bilim, tinimsiz mehnat va qahramonning ichki dunyosini his qilish qobiliyati yotadi.

Muhammadali Abduqunduzovning o‘zbek madaniyati ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tahririyatimiz nomidan ustoz san’atkorni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Muhammadali Abduqunduzovga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilaviy xotirjamlik hamda ijodiy faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz. U yaratgan betakror obrazlar hali uzoq yillar xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026