Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+18°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

«Sevgi iztirobi» yulduzlari yangi serialda yana birga suratga tushadi

Madaniyat
36
«Sevgi iztirobi» yulduzlari yangi serialda yana birga suratga tushadi
Turk seriallari ishqibozlari uzoq vaqtdan buyon kutgan xushxabar nihoyat o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bir necha yil avval millionlab tomoshabinlar mehrini qozongan Sevgi iztirobi serialining asosiy yulduzlari bo‘lmish Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urganchio‘g‘li yangi loyihada yana bir bor uchrashadigan bo‘lishdi. Oramizdagi olov deb nomlangan mazkur yangi serial orqali mashhur aktyorlar yana bir bor umumiy suratga olish maydonchasida jamlanishadi.

Loyiha ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan ilk rasmiy surat ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi. Sevimli san’atkorlarini yana birga ko‘rishni orzu qilgan muxlislar ushbu yangilikni katta hayajon bilan qarshi olishdi.

Internet foydalanuvchilari bo‘lajak asar haqida minglab ijobiy fikrlar bildirib, aktyorlar tarkibidan mamnun ekanliklarini yozib qoldirishmoqda. Hozircha yangi serialning voqealar rivoji haqida batafsil ma’lumotlar berilmagan bo‘lsa-da, loyiha insoniy tuyg‘ularga boy dramatik sahnalar va murakkab taqdirlar to‘qnashuvidan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, kutilmagan syujet burilishlari va kuchli aktyorlik mahorati ushbu asarni turk kinosining eng sara namunalari qatoriga olib chiqadi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Oramizdagi olov serialining ilk qismlari premyerasi 2026-yilga rejalashtirilgan.

Kuchli ijodiy jamoa va yulduzli tarkib sababli ushbu loyiha yilning eng shov-shuvli va yuqori reytingli asarlaridan biriga aylanishi shubhasizdir. Hozirda suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari jadal davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026