Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

Krishtianu Ronaldu Britaniya futboli haqidagi yangi serialga prodyuserlik qiladi

Madaniyat
24
Krishtianu Ronaldu Britaniya futboli haqidagi yangi serialga prodyuserlik qiladi
Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu kutilmagan loyihaga qo‘l urdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Al-Nasr klubi hujumchisi Britaniya futboli ortidagi katta pullar, agentlar hamda murakkab munosabatlar haqida hikoya qiluvchi dramatik serialning ijrochi prodyuseri sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur loyihada Ronaldu nafaqat kamera ortida qoladi, balki o‘zi ham kadrda ko‘rinish berishi kutilmoqda.

Shuningdek, loyihada Arsenal jamoasi afsonasi Terri Anrining ishtirok etishi ham muxlislar e’tiboriga havola etilgan. Serialning nomi va asosiy mavzusi Yangi loyiha Day 1s deb nomlangan bo‘lib, uning voqealari Britaniya professional futboli hamda futbol agentlarining faoliyati atrofida rivojlanadi.

Syujet markazida Stenli Dalton ismli nufuzli, ammo to‘qima futbol agenti turadi. U klublar, futbolchilar va ulkan moliyaviy manfaatlar kesishgan murakkab muhitda o‘z o‘rnini topishga intiladi.

Bosh qahramon obrazini Vatan va Milliardlar kabi mashhur seriallar orqali tanilgan aktyor Demien Lyuis ijro etadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bosh qahramon firibgar agent sifatida ta’riflangan bo‘lsa-da, dastlabki manbalar uni asosan yuqori darajadagi professional sifatida ko‘rsatmoqda.

Serialda futbol olamining bizga ko‘rinmas bo‘lgan ichki jihatlari, shartnomalar ortidagi o‘yinlar va agentlarning ta’siri keng yoritilishi ko‘zda tutilgan. Bu Ronalduning reklama roliklari va videoo‘yinlardan tashqari, ssenariy asosida suratga olinadigan televizion loyihadagi dastlabki yirik chiqishi bo‘lishi mumkin.

Yulduzli tarkib va suratga olish jarayoni Loyihada Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anrining ishtirok etishi tasodif emas. Serial g‘oyasini Anrining haqiqiy agenti Darren Deyn ishlab chiqqan bo‘lib, u loyihaning ijrochi prodyuserlaridan biri sanaladi.

Shu sababli syujetda futbol agentlari dunyosiga yaqin bo‘lgan real tajribalardan va hayotiy voqealardan unumli foydalaniladi. Aktyorlar tarkibidan shuningdek, britaniyalik reper Dave ham joy olgan.

Serial ustidagi amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Demien Lyuis va loyihaning boshqa a’zolari London shimoli-g‘arbidagi Barnet klubining uy stadioni bo‘lmish The Hive Stadium maydonida ko‘rinish berishgan.

Stadionda Britaniya futboli muhitini aks ettiruvchi bir qator muhim sahnalar suratga olingan. Hozircha Ronalduning qaysi epizodlarda paydo bo‘lishi va uning roli qanchalik katta bo‘lishi haqidagi tafsilotlar sir tutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026