Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 4 м/с, З
ENRU

OpenAI ochiq kodli dasturlardagi zaifliklarni bartaraf etish dasturini ishga tushirdi

Texnologiya
19
OpenAI ochiq kodli dasturlardagi zaifliklarni bartaraf etish dasturini ishga tushirdi
OpenAI kompaniyasi kiberxavfsizlik sohasida yetakchilik qiluvchi Trail of Bits firmasi bilan hamkorlikda Patch the Planet dasturini ishga tushirganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi ochiq kodli dasturiy ta’minotlardagi zaifliklarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Ochiq kodli komponentlar bugungi kunda deyarli barcha raqamli mahsulotlarda qo‘llaniladi.

Shu sababli hatto bitta kichik xatolik ham butun dunyo bo‘lablab millionlab qurilmalar va minglab kompaniyalar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, tizim allaqachon yuzlab xavfsizlik muammolarini aniqlashga muvaffaq bo‘lib, o‘nlab loyihalar uchun tuzatishlar kiritilgan.

Patch the Planet dasturi doirasida birinchi navbatda Python va Go dasturlash tillari, cURL va NATS Server tarmoq vositalari, Sigstore va pyca/cryptography kabi kriptografik kutubxonalar hamda aiohttp va freenginx kabi server texnologiyalari tahlil qilinmoqda. Ushbu komponentlar ma’lumotlarni shifrlash, dasturiy ta’minotning haqiqiyligini tekshirish va tarmoq aloqalarini ta’minlash kabi hayotiy muhim vazifalarni bajaradi.

OpenAI mutaxassislari Codex Security vositasi va ilg‘or sun’iy intellekt modellaridan foydalanib kodlarni tahlil qilmoqda. Trail of Bits muhandislari esa sun’iy intellekt tomonidan topilgan xatolarni tekshirib, yolg‘on signallarni saralab olmoqda.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar sun’iy intellektning asosiy ustunligi tezlikda ekanini ta’kidlamoqda. Agar ilgari yangi zaifliklarni topish va ularni tuzatish haftalab vaqt olgan bo‘lsa, endilikda bu jarayon bir necha kungacha qisqarishi mumkin.

Biroq, inson omili hanuzgacha muhim bo‘lib qolaveradi. Mutaxassislar topilgan xatolarning real xavflilik darajasini baholashlari va tuzatishlar xavfsizligini tasdiqlashlari shart.

So‘nggi yillarda Log4Shell va XZ Utils kabi hodisalar dasturiy ta’minot yetkazib berish zanjiridagi zaifliklar qanchalik halokatli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ochiq kodli loyihalar ko‘pincha ko‘ngillilar tomonidan boshqariladi, shu sababli ularga OpenAI kabi yirik korporatsiyalarning texnologik ko‘kagi juda zarur hisoblanadi.

Yangi tashabbus nafaqat xatolarni topishga qaratilgan, balki kiberxavfsizlikka bo‘lgan yondashuvni ham o‘zgartirishi kutilmoqda. Kompaniyalar endi vaqti-vaqti bilan tekshiruv o‘tkazishdan doimiy, real vaqt rejimidagi xavf-xatarlarni baholash tizimiga o‘tishlari zarur bo‘lib qolmoqda.

Patch the Planet loyihasi butun dunyo bo‘ylab raqamli ekotizimning barqarorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026