Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
+25°
ясно ветер 1 м/с, С

1 iyundan haydovchilar uchun ballli jazo tizimi joriy etiladi – 12 ball to‘plansa, guvohnomadan ayrilishi mumkin

Avto
13
1 iyundan haydovchilar uchun ballli jazo tizimi joriy etiladi – 12 ball to‘plansa, guvohnomadan ayrilishi mumkin
O‘zbekistonda yo‘l harakatidagi intizomni oshirish, haydovchilarning qonunga itoatkorligini mustahkamlash maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 6 may kuni qabul qilgan qaroriga asosan, 1 iyundan boshlab haydovchilar uchun “jarima balli” baholash tizimi amalga kiritiladi.

Balllar faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan jarimalarga asosan hisoblanadi

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchiga nisbatan jarima ballari faqat Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan qoidabuzarliklar uchun belgilanadi. Bu jarayon to‘liq E-jarima elektron moduli orqali, inson omilisiz, avtomatik ravishda yuritiladi.

Avtomatik kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun hozircha ball berilmaydi. Bu borada Hukumatga alohida xulosa taqdim etish Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Qonunbuzarlik qilmagan haydovchi rag‘batlantiriladi

Tartibda haydovchilarni intizomga chaqirish bilan birga, rag‘batlantiruvchi mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Xususan: Agar haydovchi 12 oy davomida biror qoidabuzarlik qilmasa, keyingi davrda birinchi martagi qoidabuzarlik uchun ball yozilmaydi.

Agar haydovchiga ball yozilganidan keyin 6 oy mobaynida boshqa qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasa, 2 ball uning hisobidan avtomatik ravishda olib tashlanadi.

12 ball — sudga avtomatik murojaat va haydovchilik huquqidan mahrum etish

Eng muhim o‘zgarishlardan biri — ballar yig‘ilishi bilan bog‘liq jazo choralari. Agar haydovchi 12 oy ichida 12 ball to‘plasa, u holda:

- Ma’lumotlar avtomatik tarzda sudga yuboriladi,
- Inson omili aralashmaydi,
- Haydovchiga SMS orqali ogohlantirish yuboriladi.

Qonunga asosan, sud bunday haydovchilarni 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etishi mumkin.

Zamin.uz tahririyati ushbu tizimning joriy etilishi haydovchilar orasida qonunga rioya qilish madaniyatini oshirishga xizmat qilishi, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va inson omilisiz elektron nazorat orqali shaffoflikni ta’minlashda muhim qadam ekanini ta’kidlaydi.


O‘xshash yangiliklar

Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
AQSHga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor (foto)
AQSHga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor (foto)
Missuri shtati yo‘l patruli Ozark, Batler, Ueyn va Jefferson okruglarida 12 kishining o‘limini tasdiqladi. Kanzasda chang to‘zoni paytida sodir bo‘lgan avtohalokatlar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi,
Dunyo 08:56, 16-03-2025
EA FC 26: Ultimate Team rejimida asosiy yangiliklar
EA FC 26: Ultimate Team rejimida asosiy yangiliklar
Yaqinda Electronic Arts studiyasi EA FC 26 futbol simulyatorining yangi qismi uchun Ultimate Team rejimiga oid treylerni taqdim etdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Ushbu rejim uzoq
Sport 12:43, 10-08-2025
Tailandda sun’iy intellektga ega birinchi robot-politsiyachi ish boshladi
Tailandda sun’iy intellektga ega birinchi robot-politsiyachi ish boshladi
Tailandning Nakxonpatxom provinsiyasida mamlakatdagi birinchi sun’iy intellektga ega robot-politsiyachi sinovdan o‘tkazildi. Interesting Engineering xabar berishicha, AI Police Cyborg 1.0 nomi
Dunyo 21:26, 18-04-2025
Koul Palmer bobosining vatani Sent-Kitsda
Koul Palmer bobosining vatani Sent-Kitsda
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer Sent-Kits va Nevis kichik orollarida qahramon sifatida kutib olindi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Klub
Sport 00:26, 16-07-2025
00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
23:06
Meta va xAI sun’iy intellekt mutaxassislarini tortmoqda