Bugun
Imronning "Sehrgar" Qo'shig'i Muxlislar E'tiborida
+13°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

"Qonimizga pul tikishyapti”: g‘azoliklar HAMASni haydamoqda

Dunyo
107
"Qonimizga pul tikishyapti”: g‘azoliklar HAMASni haydamoqda
Falastinliklar G‘azoda Isroil bilan urush boshlangandan beri HAMASga qarshi eng katta norozilik namoyishlariga yig‘ilishdi. Odamlar urush tugashini istab hayqirmoqda, HAMASdan chiqib ketishni talab qilishyapti. Yig‘ilganlar tashkilotni “terrorchi guruh” deb, “odamlarning qoniga pul tikish”da ayblamoqda.

CNN telekanali e’lon qilgan videoda ko‘rinishicha, odamlar HAMASni “terrorchilar, terrorchi guruh” deb atagan. “Xudo uchun HAMAS chiqib ketsin” deya baqiradi namoyishchilar.

Niqob kiygan HAMAS jangarilari esa qo‘lida tayoq va qurollar bilan ommani tarqatishga urinmoqda.

Seshanba kuni Bayt-Lahiya ko‘chasidan boshlangan katta namoyishlar chorshanba kuni ham davom etmoqda. Odamlar tinmay “HAMAS tashqariga” deb baqiryapti. Ma’lum bo‘lishicha, 26 mart kuni G‘azo bo‘ylab 9 ta HAMASga qarshi mitinglar rejalangan. G‘azo jim emas, uning yo‘q qilinishini istamaydigan xalqlar bor, buni bilishsin, deydi yig‘ilganlar.

HAMAS vaziyat yuzasidan munosabatini bildirmagan, lekin uning tarafdorlari namoyishchilarni xoinga chiqardi, deb yozadi BBC.

G‘azo shimolidagi norozilik namoyishlari “Islomiy jihod” jangarilari Isroilga raketa otganidan bir kun o‘tib, Isroilning Bayt-Lahiyaning katta qismini evakuatsiya qilishga qaror qilgani fonida bo‘lib o‘tmoqda. Bu qaror esa odamlar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Qariyb ikki oylik otashkesimdan so‘ng Isroil G‘azodagi harbiy kampaniyasini qayta boshladi va HAMASni AQSHning sulhni uzaytirish haqidagi yangi taklifini rad etganlikda aybladi. HAMAS esa o‘z navbatida, Isroilni yanvar oyida kelishilgan dastlabki kelishuvdan voz kechganlikda aybladi.

Isroil harbiy amaliyotlari 18 mart kuni havo hujumlari bilan qayta boshlanganidan beri yuzlab falastinliklar halok bo‘ldi, minglab odamlar uy-joyini tark etdi.

"HAMAS pastga tushib, qayg‘ulilarning ovoziga quloq solishi kerak, vayronalar ostidan ko‘tarilayotgan ovoz – bu eng to‘g‘ri ovozdir”, deydi odamlar.

Urush boshlanganidan beri G‘azoda HAMASga nisbatan ochiq tanqidlar ko‘chada ham, internetda ham kuchaydi, biroq unga sodiq bo‘lganlar hali ham bor va guruhni qo‘llab-quvvatlash qanchalik o‘zgarganini aniq baholash qiyin.

Urushdan oldin ham HAMASga qarshilik kayfiyati bor edi, ammo bunday odamlarning aksariyati qatag‘onlardan qo‘rqib yashiringan.

"Kechirasiz, lekin HAMAS aynan nimaga pul tikmoqda? Ular bizning qonimizga pul tikmoqda. Bizni butun dunyo shunchaki raqamlar deb biladi”, deb yozadi g‘azolik Muhammad al-Najjar o‘zining Facebook sahifasida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, urushda halok bo‘lganlar soni 50 mingdan oshib ketgani bois odamlar namoyishga chiqqan. 17 oydan beri davom etayotgan urush aholining tinkasini quritdi, G‘azoni vayronaga aylantirdi. Qariyb 70 foiz binolar butunlay vayrona bo‘lgani tasdiqlangan. Ustiga ustak xalqaro yordam tashkilotlarining ham qo‘li kalta, G‘azogacha gumanitar yuklarni yetkazish amrimahol. Hudud aholisi deyarli to‘liq shu insonparvarlik yuklari hisobiga kun kechirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Reuters agentligining xabariga ko'ra, Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning yaqinlari, jumladan qizi, nabirasi, kuyovi va kelini AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar
Dunyo Bugun, 12:33
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashishi sababli O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun
Dunyo Bugun, 11:49
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Oyatulloh Ali Xominaiyning vafoti Eron atrofidagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bu voqeaga tezkor munosabat bildirdi
Dunyo Bugun, 11:10
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan ma'lum qilinishicha, Isroil armiyasi Eronga qarshi olib borilayotgan "Arslon nidosi" operatsiyasi doirasida taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy
Dunyo Bugun, 09:48