Bugun
Robert Dyuval 95 yoshida hayotdan ko'z yumdi
+12°
пасмурно ветер 1.4 м/с, СЗ

Putin: AQSHning Grenlandiyani qo‘shib olish niyati — bu jiddiy reja

Dunyo
123
Putin: AQSHning Grenlandiyani qo‘shib olish niyati — bu jiddiy reja
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampning Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shib olish borasidagi bayonotiga izoh berdi.

«Bu bir qarashda kimnidir hayron qoldirishi mumkin. Buni Amerikaning yangi ma’muriyatini qandaydir ekstravagant bayonoti deb qabul qilish katta xato. Aslida AQSHda bu kabi reja XIX asrning 60 yillarida paydo bo‘lgan. Amerika ma’muriyati o‘shandayoq Grenlandiya va Islandiyani anneksiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Ammo bu g‘oya kongressda qo‘llab-quvvatlov olmagan», — deydi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Grenlandiyaga nisbatan rejalari jiddiy va ular o‘zlarining harbiy strategik manfaatlarini Arktikada ham ilgari surishni boshlaydi.

Putinning ta’kidlashicha, Arktikadagi xalqaro hamkorlik «yaxshi davrini boshdan kechirmayapti». Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mintaqada teng huquqli hamkorlik tarafdori.

«Biz nafaqat Arktika davlatlari bilan, balki biz kabi sayyoraning barqaror kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan, uzoq muddatli va muvozanatli qarorlar qabul qila oladigan barcha mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», — deydi Putin.

Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatidan beri Grenlandiya AQSH tarkibiga qo‘shilishi kerakligi haqida gapirib keladi. Uning aytishicha, «Grenlandiya ustidan nazoratni o‘rnatish — AQSH milliy xavfsizligi uchun zarur». Tramp, shuningdek, orolni qo‘lga kiritish uchun iqtisodiy yoki harbiy kuch ishlatish imkoniyatini ham istisno etmagan. Ushbu bayonotlar fonida Daniya Grenlandiya mudofaasi uchun xarajatlarni oshirgan.

O‘xshash yangiliklar

Tramp: Eron Rahbariyatiga Qarshi Operatsiya Muvaffaqiyatli O'tdi
Tramp: Eron Rahbariyatiga Qarshi Operatsiya Muvaffaqiyatli O'tdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Tramp Eron harbiy va siyosiy rahbariyatiga qarshi amalga oshirilgan operatsiya haqida bayonot berdi. U bu
Dunyo Bugun, 12:41
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Reuters agentligining xabariga ko'ra, Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning yaqinlari, jumladan qizi, nabirasi, kuyovi va kelini AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar
Dunyo Bugun, 12:33
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashishi sababli O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun
Dunyo Bugun, 11:49
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Oyatulloh Ali Xominaiyning vafoti Eron atrofidagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bu voqeaga tezkor munosabat bildirdi
Dunyo Bugun, 11:10
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19