Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Xitoy fuqarolariga oid 8,7 milliard yozuv sizib chiqdi

Dunyo
31
Xitoy fuqarolariga oid 8,7 milliard yozuv sizib chiqdi
Internetda himoyasiz qoldirilgan ulkan ma’lumotlar bazasi topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Cybernews tadqiqotchilari tomonidan aniqlangan ushbu Elasticsearch-klasterida Xitoy fuqarolariga tegishli deb taxmin qilinayotgan taxminan 8,7 milliard yozuv saqlangani aytilmoqda. Bu holat kuzatuvlar tarixidagi eng yirik shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Eng xavotirli jihati shundaki, ushbu klaster uch hafta davomida hech qanday himoyasiz, ochiq holda qolgan. Shu vaqt ichida ma’lumotlarni kimdir to‘liq ko‘chirib olgan-olmagani noma’lum, chunki server keyinchalik yopilgan.

Biroq, bu davrda kimlar kirib-chiqqanini aniqlashning imkoni yo‘q. Sizib chiqqan baza 160 dan ortiq indeksdan tashkil topgan bo‘lib, unda shaxsiy va aloqa ma’lumotlari, davlat identifikatorlari, akkaunt va kirish ma’lumotlari, hatto parollargacha mavjud bo‘lishi mumkin.

Bu faqat telefon raqamlari ro‘yxati emas, balki odamlarning to‘liq raqamli portretini yaratishga imkon beradigan ma’lumotlarning murakkab to‘plamidir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu baza turli manbalardan yig‘ilgan katta hajmdagi ma’lumotlar omboriga o‘xshaydi.

Shuningdek, server egasiga ishora qiluvchi ma’lumotlar deyarli mavjud emas, u ko‘pincha xavfli faoliyatlar uchun ishlatiladigan xosting platformasida joylashgan. Shu sababli, bu oddiy texnik xato emas, balki maqsadli va uzoq davom etgan faoliyat natijasi bo‘lishi mumkin.

8,7 milliard yozuv 8,7 milliard odamni anglatmasligi mumkin, chunki indekslarda takroriy yozuvlar bo‘lish ehtimoli bor. Ammo takrorlar hisobga olinganda ham, gap yuz millionlab odamlar haqida ketishi ehtimoli yuqori.

Bu holatning xavfi katta. Bunday ma’lumotlar firibgarlik, akkauntlarni o‘g‘irlash, shantaj, sotsial injeneriya orqali aldash yoki odamlarning raqamli profilini yaratish kabi jinoyatlar uchun ishlatilishi mumkin.

Bu kiberjinoyatchilar uchun katta imkoniyat, oddiy foydalanuvchilar uchun esa jiddiy muammo. Oddiy foydalanuvchilar qanday choralar ko‘rishi kerak?

Parollaringizni yangilang, ayniqsa bir xil parolni bir necha joyda ishlatgan bo‘lsangiz. Ikki bosqichli himoyani yoqing, bu xavfsizlikni oshiradi.

Shubhali havolalarga bosingan holda ehtiyot bo‘ling. Bank va boshqa akkauntlaringizda shubhali faollikni kuzatib boring.

Garchi hozircha ma’lumotlardan faol foydalanilganiga dalil bo‘lmasa-da, uch hafta davomida ochiq bo‘lgani o‘zi jiddiy xatardir. Shu bois, kiberxavfsizlik masalalarida hushyor bo‘lish muhim.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026