Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+19°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Avstraliyada kana chaqishi oqibatida kelib chiqadigan xavfli allergiya aniqlandi

Dunyo
6
Avstraliyada kana chaqishi oqibatida kelib chiqadigan xavfli allergiya aniqlandi
Avstraliyada sodir bo‘lgan ayanchli voqea olimlar va shifokorlarni kana chaqishi orqali kelib chiqadigan kam uchraydigan, ammo o‘ta xavfli allergiya haqida yana bir bor jiddiy ogohlantirishga undamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa, inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shifokorlar va soha mutaxassislari ushbu xavfli holatga befarq bo‘lmaslikka chaqirmoqda.

Mayfanvi Uebb ismli ayol besh yil avval o‘g‘li Jeremining tug‘ilgan kunini nishonlagan kunni haligacha og‘riq bilan eslaydi. Bayram dasturxonidan so‘ng 15 yoshli o‘smirning nafas olishi qiyinlashib, u to‘satdan qusa boshlaydi.

Oila zudlik bilan tez yordam chaqirib, uni shifoxonaga olib boradi. Shifokorlar dastlab go‘sht allergiyasidan shubha qilgan bo‘lsalar-da, yakunda holatni bolaligidan mavjud bo‘lgan astma xuruji bilan bog‘lab, Jeremini uyiga javob berishadi.

Ona bugun o‘sha paytdagi qarordan qattiq afsuslanishini aytadi. Uning fikricha, o‘shanda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilganida, o‘g‘lida hayot uchun xavfli anafilaksiya rivojlangani aniqlanishi va unga maxsus dori in’eksiyasi tavsiya qilinishi mumkin edi.

Afsuski, tibbiy xulosa yetarli darajada chuqur o‘rganilmagani oqibatida o‘smirning sog‘lig‘i xavf ostida qolgan. Oradan bir yil o‘tib, 2022-yilning iyun oyida Jeremi do‘stlari bilan dam olish vaqtida mol go‘shtidan tayyorlangan mahsulotni iste’mol qilgach vafot etdi.

Dastlab o‘lim sababi sifatida yana o‘sha astma xastaligi qayd etildi. Biroq oila talabiga ko‘ra o‘tkazilgan qo‘shimcha tergov hamda sud-tibbiy ekspertizasi uning o‘limiga kana chaqishi oqibatida yuzaga kelgan Alfa-gal sindromi, ya’ni sutemizuvchi hayvonlar go‘shtiga bo‘lgan allergiya sabab bo‘lganini tasdiqladi.

Bu dunyo tibbiyotida mazkur sindrom tufayli rasman qayd etilgan ilk o‘lim holati sifatida e’tirof etildi. Mutaxassislar ma’lum qilishicha, ushbu kasallik ilk bor 2007-yilda avstraliyalik allergolog professor Sheril van Nunen tomonidan kana chaqishi bilan bog‘liq ekani aniqlangan edi.

Shundan buyon bunday tashxis qo‘yilgan bemorlar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa Avstraliyaning sharqiy sohillari va Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu allergiyaning asosiy o‘choqlari hisoblanadi.

Olimlarning tushuntirishicha, kana so‘lagi tarkibidagi alfa-gal deb ataladigan shakar molekulasi inson organizmida o‘ziga xos antitanachalar hosil qiladi. Keyinchalik bu immun tizimining mol, qo‘y va cho‘chqa kabi sutemizuvchi hayvonlar go‘shtiga nisbatan kuchli allergik reaksiya bilan javob qaytarishiga sabab bo‘ladi.

Kasallikning belgilari turlicha bo‘lib, ular yengil toshmalardan tortib qorin og‘rig‘i, qusish, shishlar va hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir holatlargacha yetishi mumkin. Eng qiyin jihati shundaki, reaksiya ovqat iste’mol qilinganidan bir necha soat o‘tib paydo bo‘ladi va har doim ham darrov kuzatilmasligi mumkin.

Shu bois ko‘p hollarda u astma yoki boshqa nafas yo‘llari kasalliklari bilan adashtiriladi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayrim bemorlarda allergiya nafaqat go‘sht, balki jelatin, sut mahsulotlari, ayrim kosmetika vositalari, hatto barbekyu tutuni yoki hayvonlar bilan muloqotdan keyin ham qo‘zg‘alishi mumkin.

So‘nggi yillarda Avstraliyada mazkur kasallikka chalinganlar soni keskin ortib, 2020-yildan buyon har yili o‘rtacha yigirma foizdan ko‘proqqa o‘smoqda. Olimlar mamlakatda kamida besh ming nafar gumon qilinuvchi bemor mavjudligini, haqiqiy ko‘rsatkichlar esa bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Shifokorlar tabiat qo‘ynida dam oluvchilarni doimo ehtiyotkor bo‘lishga va har qanday noodatiy allergik belgilarga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026