Bugun
Bashakshehir Antalyaspor o‘yini golsiz durang bilan yakunlandi
+13°
пасмурно ветер 1 м/с, З

Germaniyaning bo‘lajak kansleri Tramp va Vensni provakatsiyada aybladi

Dunyo
126
Germaniyaning bo‘lajak kansleri Tramp va Vensni provakatsiyada aybladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi vaqtida sodir bo‘lgan tortishuv AQSH rahbariyati tomonidan oldindan rejalashtirilgan, deydi Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers.

«O‘ylashimcha, Oval kabinetdagi ushbu uchrashuvda Zelenskiyning so‘zlariga munosabat o‘z-o‘zidan emasdi, balki rejalashtirilgan provakatsiya edi», — deydi nemis siyosatchisi. Mersning ta’kidlashicha, u uchrashuv videoyozuvini bir necha bor ko‘rib chiqqan va «suhbat ohangidan hayratga tushgan». Uning fikricha, bularning barchasi «hech qanday foyda keltirmagan».

Shu bilan birga, Mersning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi ritorika AQSHning yangi ma’muriyatini umumiy xatti-harakatlariga mos keladi. «Vashingtonda kuzatgan narsamiz so‘nggi bir necha hafta ichida sodir bo‘lgan bir qator voqealar, jumladan, Amerika delegatsiyasining Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida qatnashishida ma’lum bir izchillik bor», — deydi u. Zelenskiy va Trampning bahsi 28 fevral kuni jurnalistlar oldida yuz berdi. U AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning urushni diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun Vladimir Putinga nisbatan munosabatni yumshatish borasidagi bayonotidan keyin boshlandi. Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan o‘ynashishga qarshi chiqib, u bir necha bor tuzilgan bitimlarni buzganini eslatib o‘tdi.

Bunga javoban Tramp va Vens Zelenskiyni tanqid qilib, uni urushni davom ettirmoqchilikda va Amerika tomoniga hurmatsizlikda aybladi. Natijada uchrashuv tortishuvga aylanib ketdi va Ukraina prezidenti Oq uyni foydali qazilmalar bo‘yicha bitimni imzolamasdan muddatidan oldin tark etishiga majbur bo‘ldi.

Shundan so‘ng ko‘plab g‘arb OAV Zelenskiyga nisbatan provokatsiya haqida yozdi. The New York Times kolumnisti, uch karra Pulitser mukofoti laureati Tomes Fridman bu «oldindan rejalashtirilgan tuzoq» bo‘lganini ta’kidladi. Financial Times maqolasida «Zelenskiy kamsitilish uchun tuzoqqa tushirilgani» haqida so‘z boradi. The Atlantic jurnali tahlilchisi, AQSH Harbiy-dengiz kollejining faxriy professori Tom Nikols esa tortishuvning yuzaga kelishida Vensni ayblab, u «tok-shoudagi moderator rolini o‘yganini» qayd etdi. Maqolada vitse-prezident «jiddiy vaqtlarda o‘zining ahamiyatini ko‘rsatib qo‘yishga urinayotgan ishonchsiz inson» sifatida ta’riflangan.

Polsha sobiq prezidenti va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Lex Valensa Trampni tanqid qildi — u AQSH prezidentiga maktub yo‘ladi. «Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muloqotingizni dahshat va jirkanish bilan kuzatdik. Ukraina Rossiyaga qarshi urushda AQSH ko‘rsayotgan moddiy yordam uchun minnatdor bo‘lishi kerak deya kutayotganingiz haqoratli. Ozod dunyo qadriyatlarini himoya qilib, o‘z qonini to‘kayotgan qahramon ukrain askarlariga minnatdorchilik bildirilishi kerak», — deb yozadi Valensa.

Oq uy Zelenskiyning kechirim so‘rashini kutmoqda. AQSH davlat kotibi Marko Rubio shu kabi chaqiriq bilan chiqish qilib, Ukraina prezidenti «diplomatiya ishlamayotgani to‘g‘risida ma’ruza o‘qimasligi» kerakligini ta’kidladi. Zelenskiyning o‘zi Kiyev va Vashington munosabatlarini saqlab qolish mumkinligini ma’lum qildi, ammo kechirim so‘ramadi. Davlat rahbari, shuningdek, AQSH bilan nodir metallar bo‘yicha bitimni imzolashga va urushni diplomatik yo‘l bilan hal etishga o‘tishga tayyorligini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eron Isroilga keng ko‘lamli raketali hujum uyushtirdi
Eron Isroilga keng ko‘lamli raketali hujum uyushtirdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron Isroilga nisbatan keng ko‘lamli raketali hujum o‘tkazganini rasman e’lon qildi. Bu harakat Ali Larijoniyning o‘limiga
Dunyo Bugun, 00:11
Donald Trampning siyosiy kelajagi va ekstrasens bashorati
Donald Trampning siyosiy kelajagi va ekstrasens bashorati
G‘arb ommaviy axborot vositalarida Donald Trampning kelajagi haqida qiziqarli va kutilmagan taxminlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti o‘zini "Dunyoni Uchinchi
Dunyo Kecha, 23:25
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Said Jaliliy tayinlandi
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Said Jaliliy tayinlandi
Eronda muhim siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi lavozimiga Said Jaliliy tayinlandi. U ushbu lavozimda marhum Ali Larijoniy
Dunyo Kecha, 22:49
Eron rahbari Ali Larijoniy shahidligi uchun ta’ziya bildirdi
Eron rahbari Ali Larijoniy shahidligi uchun ta’ziya bildirdi
Eron oliy rahbari Mujtaba Xomanaiy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniyning vafoti yuzasidan ta’ziya bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U Ali Larijoniy va uning o‘g‘li hamda bir
Dunyo Kecha, 22:10
Krishtianu Ronaldu oilasi bilan Ispaniyaga ko‘chdi
Krishtianu Ronaldu oilasi bilan Ispaniyaga ko‘chdi
Saudiya Arabistoni Professional ligasining eng mashhur futbolchisi Krishtianu Ronaldu va uning oilasi Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro sababli vaqtincha Ispaniyada yashashga qaror qildi. Bu haqda
Dunyo Kecha, 20:36
Isroil Tehronda Eron razvedka vazirini o‘ldirdi
Isroil Tehronda Eron razvedka vazirini o‘ldirdi
Isroil harbiylari chorshanba kechasi Tehronda amalga oshirilgan nishonli havo zarbasi natijasida Eron razvedka vaziri Esmoil Hatib halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 20:16