Foto: Videodan kadr
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi xususiy tadbirkor o‘zganing ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 1 gektar bo‘sh yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga sotish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 mlrd so‘m talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘idan 1 mlrd so‘mni Navoiy shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Xo‘jaobod tumanida yashovchi aka-uka davlat zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSH dollari talab qilishadi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ulardan biri so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini xaridorga 55 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 45 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Boshqa holatda esa Quva tumanidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MCHJning 10 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga turar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtda yashovchi fuqaro Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 16 sotix yer maydonining har bir sotixini 22 ming AQSH dollaridan jami 352 ming AQSH dollariga xaridorga sotishga kelishib hamda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning sherigi bo‘lgan – Toshkent tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ham ushbu 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
[lang=ru,en] [/lang]
O‘xshash yangiliklar

Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda, Bo‘stonliq tumanida

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik