Bugun
Almere bog‘ida o‘nta asalarichilik uyalari yondirildi
+14°
дымка ветер 3.1 м/с, СВ

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat
147

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Ayubxon Rahmatullayev / Foto: IIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan, polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rahmatullayev 2021 yil mart oyidan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. U muqaddam ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – moliya va moddiy texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev / Foto: IIV matbuot xizmati
Shuningdek, prezident farmoyishi asosida, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev tayinlandi.

Toshxo‘jayev 2021 yil aprelidan buyon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

IIVning 11 mart kungi xabariga ko‘ra, bu ikki tayinlov haqida vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBBni boshqarib kelgan general-mayor Aziz Toshpo‘latov o‘tgan hafta IIV rahbari lavozimida ish boshlagan edi.

U 7,5 yildan buyon vazir lavozimida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonovning o‘rnini egalladi. Bobojonov faoliyatini prezidentning kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar sifatida davom ettirmoqda. IIVda uning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Rahmonov ham lavozimidan ozod etilgan.

Toshkent shahri IIBBni esa endilikda Xorazm viloyati IIBning sobiq boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev boshqarmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
7,5 yillik faoliyatidan so‘ng general-leytenant Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi. Uning o‘rniga general-mayor Aziz Toshpo‘latov O‘zbekistonning yangi ichki ishlar vaziri bo‘ldi. Jamoatchilik
Jamiyat 18:17, 6-03-2025
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ketdi
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ketdi
Prezident farmoni bilan Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi. Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 3 mart kuni
Jamiyat 16:40, 3-03-2025
Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Prezident farmoni bilan ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari
Jamiyat 19:43, 3-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Google Finance sun’iy intellekt bilan yangilanadi
Google Finance sun’iy intellekt bilan yangilanadi
Google kompaniyasi moliyaviy axborot platformasi Google Finance’ni yangilash ustida ish olib bormoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Yangi versiyada sun’iy intellekt texnologiyalari va real vaqt
Texnologiya 20:21, 8-08-2025