Bugun
Yangi BYD Sea Lion 05 rasman taqdim etildi
+8°
ясно ветер 2.1 м/с, В

“Gelik” tagida qolib, nogiron bo‘lgan aktrisa: qonunchilik bu borada nima deydi?

Jamiyat Bugun, 00:46 0
“Gelik” tagida qolib, nogiron bo‘lgan aktrisa: qonunchilik bu borada nima deydi?
Aktrisa Sabrina Jabborova xonanda Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipini suratga olish jarayonida avtohalokatga uchrab, nogiron bo‘lib qolgani xabar qilingan edi. U o‘z chiqishida voqeaga sababchi bo‘lganlar tomonidan unga hech qanday yordam ko‘rsatilmayotgani, o‘z holiga tashlab qo‘yilganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng klipni suratga olish jamoasi vakillari, xonanda va uning ma’muri aktrisaga yetarlicha ko‘mak berilayotganini aytib chiqishdi. Keyinroq Ozoda Nursaidova masaladan to‘liq xabari yo‘qligini aytib, Sabrinadan uzr so‘radi. Hozirda mazkur holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Bu holatda aktrisaga yetkazilgan zarar qanday qoplanadi? Qonunchilik bu borada nima deydi? Mazkur savollarga “Daryo” muxbiri mehnat huquqi bo‘yicha ekspert Muhammadamin Karimjonovdan javob oldi.

Agar shartnoma tuzilgan bo‘lsa ...

Agar bu holatda aktrisa mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodim bo‘lsa, Mehnat kodeksining 319-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.

Mehnat kodeksining 321-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.

Ish beruvchi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib bo‘lishi tufayli xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar bo‘ladi.

Mehnat kodeksining 322-moddasiga ko‘ra, xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • xodimga bir martalik nafaqa to‘lash;
  • xodimga yo‘qotilgan ish haqi uchun yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash tarzida amalga oshiriladigan har oylik to‘lovlar;
  • xodimning qo‘shimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish.

Mehnat kodeksining 323-moddasiga ko‘ra, xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jabrlangan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblangan yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qaroriga 1-ilova “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari” xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha munosabatlar O‘zbekiston qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek mazkur qoidalar bilan tartibga solinadi.

Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish yakunlarini ko‘rib chiqib, qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash maqsadida Oliy sud Plenumining “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori ham qabul qilingan.

Yuqorida tahlil qilganlarimiz mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlargagina taalluqli.

Agar aktrisa bilan mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa-chi?

Mehnat kodeksining 11-moddasiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagi shaxslarga nisbatan (agar ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bir vaqtning o‘zida ish beruvchilar yoki ularning vakillari sifatida ish yuritmasa) tatbiq etilmaydi.

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilganda fuqaro tashkilot bilan mehnat munosabatlariga kirishmaydi, uning taraflari xodim va ish beruvchi emas, balki ijrochi va buyurtmachi hisoblanadi, shuningdek, Mehnat kodeksida nazarda tutilgan kafolatlar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomada nazarda tutilmaydi.

Fuqarolik kodeksining 989-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi.

Ushbu bobning qoidalariga muvofiq, mehnat shartnomasi asosida, shuningdek fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolar, agar bunda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan tegishli yuridik shaxsning yoki fuqaroning topshirig‘i bo‘yicha yoki nazorati ostida harakat qilgan bo‘lsalar yoki harakat qilishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, xodimlar deb e’tirof etiladilar.

Fuqarolik kodeksining 989-moddasi 2-qismidagi xodim tushunchasi nafaqat mehnat shartnomasi asosida, shuningdek fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolarni ham qamrab oladi. Ya’ni bu tushuncha Mehnat kodeksining 19-moddasi 2-qismidagi xodim tushunchasidan kengroq hisoblanadi.

Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari o‘z ishtirokchilari (a’zolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar.
Voyaga yetmagan aktrisa operator va rejissyorning ko‘rsatmasi bilan gaz pedalini bosgan, biroq o‘sha paytda mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Mashinaning g‘ildiraklari Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketdi: old g‘ildiragi butunlay uning ustidan o‘tgan, orqa g‘ildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea natijasida Sabrinaning tos suyagi singan, boshqa a’zolari og‘ir jarohat olgan, deyiladi Sabrinaning murojaatida.

“Gelik” haydagan Sevinchning ma’lum qilishicha, u boshida mashina boshqarishni bilmasligini aytgan.

Sevinch
Foto: Instagram

“Gelik”ni haydashimni aytishdi. Ahad Qayum ularga “Bu mashina haydashni biladi, degan ekan. Lekin men avval “Gelik” haydab ko‘rmaganimni aytdim. “Gelik”ni haydab kelgan haydovchi qayta-qayta menga uni qanday haydash kerakligini tushuntirdi”

Shu tarzda syomka boshlandi, 4-5 ta kadr olindi. Bu voqea oxirgi kadrda bo‘ldi. “Bu yerda odamlar ko‘p-ku, qanaqa qilib haydayman?”, deb so‘radim. Shuhrat va Abror akalar “Massovkaga javobgar odamlar bor, sen ularga qarama”, deb aytishdi. Keyin mashinani boshqarayotganimda “sen yo‘lga emas, kadrga, oyna tarafga qara”, deyishdi. Shundan keyin men boshqaruvni yo‘qotdim. Chunki ko‘zim yon tomonga qarayotgan edi. Ham poshnali tuflida mashina haydash qiyin ekan. Ushbu voqeadan keyin hushimni yo‘qotganman. Ular Sabrina opani kasalxonaga olib ketishgan, deydi Sevinch.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qaroriga 1-ilova “Yo‘l harakati qoidalari”ning 149-bandiga ko‘ra, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida (“B” va “C” toifalari uchun) 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga ko‘ra, transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoxud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1 million 875 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar harakat natijasida shaxsga tan jarohati yetsa, uning og‘ir yoki yengilligiga qarab jazo tayinlanadi.

Fuqarolik kodeksining 999-moddasiga ko‘ra, zararni to‘lash majburiyati oshiqcha xavf manbaiga mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda (mulkiy ijara shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan ishonchnoma, tegishli organning unga ortiqcha xavf manbaini topshirish to‘g‘risidagi farmoyishiga ko‘ra va hokazo) egalik qiluvchi yuridik shaxs yoki fuqaroga yuklanadi.

Fuqarolik kodeksining 1006-moddasiga ko‘ra, fuqaro mayib qilinganda yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin bo‘lgan yo‘qotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo‘shimcha xarajatlari, shu jumladan davolanish, qo‘shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qo‘ydirish, birovning parvarishida bo‘lish, sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga tayyorgarlikdan o‘tish xarajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, o‘rni qoplanishi lozim.

Yo‘qotilgan ish haqini (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek sog‘lig‘iga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar e’tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab bo‘lmaydi (zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi). Zararni qoplash hisobiga, shuningdek jabrlanuvchi sog‘lig‘iga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi.

Qonunchilik yoki shartnoma bilan ushbu moddaga muvofiq jabrlanuvchiga tegadigan to‘lov hajmi va miqdori ko‘paytirilishi mumkin.

Aktrisa bilan fuqarolik huquqiy shartnoma, umuman olganda hech qanday shartnoma ham tuzilmagan bo‘lsa-chi?

Aktrisa bilan fuqarolik huquqiy shartnoma yoki hech qanday shartnoma tuzilmagan taqdirda ham fuqaroning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi shart. Chunki fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgilash asosi majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi hisoblansa, delikt (fuqarolik huquqida bir shaxsning fuqarolik huquqbuzarligi natijasida boshqa shaxsga mulkiy zarar yetkazishi tufayli delikt javobgarligi yuzaga keladi) majburiyatlarida javobgarlikni belgilash asosi eng avvalo zararni mavjudligi sanaladi.

Ya’ni delikt javobgarlikda, garchi hech qanday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa-da, zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasidagi aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?
Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasidagi aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 22 yoshli aktrisa Sabrina Jabborova Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipi suratga olish jarayonida avtomobil urib ketishi oqibatida nogironga aylangani haqida xabarlar tarqaldi.
Jamiyat 21:26, 12-03-2025
Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovaning klipida suratga tushish jarayonida mashina tagida qolgan Sabrina Jabborova operatsiya uchun Turkiyaga olib ketilishi ma’lum qilindi. Bu haqda aktrisaning o‘zi Instagram
Jamiyat 23:34, 14-03-2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi
Klipdan kadr 2024 yilning 7 noyabr kuni xonanda Ozoda Nursaidovaning «Dilbarim» qo‘shig‘i uchun klip suratga olish jarayonida baxtsiz hodisa yuz berib, aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib
Jamiyat 20:41, 11-03-2025
Sabrina Jabborovani urib yuborgan aktrisa aloqaga chiqdi (video)
Sabrina Jabborovani urib yuborgan aktrisa aloqaga chiqdi (video)
Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” qo‘shig‘iga ishlangan klip syomkasida “Gelik” boshqarib 22 yoshli aktrisa Sabrina Jabborovani urib yuborgan qiz aloqaga chiqdi. — Sabrina opadan uzr so‘ramoqchiman,
Jamiyat Kecha, 00:28
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025