Bugun
Yeray Alvares doping uchun o‘n oyga chetlatildi
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida o‘tin tashildi

Jamiyat
123
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida o‘tin tashildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasi o‘tin tashimoqda” sarlavhasida videolavha tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, shu yilning 13 mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida haydovchi G‘.A. o‘z boshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlandi.

Poliklinikada ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu holat bo‘yicha Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.

O‘xshash yangiliklar

Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga boj stavkasini 20% gacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror Xitoyning fentanil oqimiga qarshi yetarlicha chora
Iqtisodiyot 03:36, 4-03-2025
Tottenham – Manchester City: mehmonlar yetakchilik qilmoqda
Tottenham – Manchester City: mehmonlar yetakchilik qilmoqda
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida Manchester City safarda Tottenhamga qarshi maydonga tushib, birinchi bo‘limni 1:0 hisobida o‘z foydasiga yakunladi. O‘yin davomida yagona golni Erling
Sport 01:27, 27-02-2025