Bugun
Disneylendda yurak xurujidan ayol vafot etdi
+14°
дымка ветер 3.1 м/с, СВ

Popkorn sotuvchilarni himoyasiga olgan IIB xodimi pora olganlikda ayblandi

Jamiyat
106
Popkorn sotuvchilarni himoyasiga olgan IIB xodimi pora olganlikda ayblandi
Toshkentda popkorn sotuvchisidan pora olgan profilaktika inspektoriga sud hukmi o‘qildi. Jinoiy ish JIB Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Kun.uz tanishgan sud hujjatida keltirilishicha, 1992 yilda tug‘ilgan Abdulaziz Abdullayev Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli IIB HPB profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Abdulaziz Abdullayev o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda 2024 yil 24 avgust kuni Magic City bog‘i oldida popkorn savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarodan uni IIBga olib ketmasdan qo‘yib yuborish evaziga 100 ming so‘m so‘ragan. Profilaktika inspektori so‘ragan pulini o‘zi foydalanib kelgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Bundan tashqari, Abdulaziz Abdullayev fuqaro A.N.ga Magic City bog‘i va “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi atrofida popkorn savdosi bilan shug‘ullanib kelgan 4 nafar ishchisiga “tanka”lik qilishini aytgan. Ya’ni ularga nisbatan chora ko‘rmaslik, reyd tadbirlari haqida oldindan ogohlantirib turish, mabodo qo‘lga olingan taqdirda yengil jazo choralarini qo‘llashni va’da qilgan. Bu “xizmati” uchun esa 2024 yilning 13 sentyabr kuni fuqaro A.N.dan pora tariqasida 1,5 mln so‘m olgan.

Shundan so‘ng fuqaro A.N. holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar boshqarmasining ishonch telefoniga murojaat qilgan. Uning murojaati asosida shu kuni shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan profilaktika inspektoridan 1,5 mln so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Abdulaziz Abdullayev sud majlisida aybiga iqror bo‘lmagan. U olgan 1,5 mln so‘m puli aslida o‘zining popkorn savdosiga tikkan puli ekanini bildirgan. Foydalanuvidagi bank plastik kartasiga 100 ming so‘m pul o‘tkazgan yigitni esa tanimasligini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektori o‘z aybiga iqror bo‘lmasa-da, uning qilmishi guvohlar ko‘rsatmalari va boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Sud hukmi bilan Abdulaziz Abdullayev Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. Unga 2 yil huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilangan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat Biznes sheriklar Toshkent shahrida yashovchi Zayni Eshonqulov poyabzal savdosi bilan shug‘ullangan. U poytaxtdagi Eshonguzar bozorida oyoq kiyim
Jamiyat 19:09, 5-04-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
2025 yilning 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida «Toshshahartransxizmat» AJ sobiq boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev va yana 20 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sudga jinoyat
Jamiyat 16:42, 28-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025