Bugun
Aleksandr Isak Liverpulga o‘tishi haqida fikr bildirdi
+19°
ясно ветер 2.1 м/с, В

Korporativ kartalardan “svet” va gaz uchun to‘lov qilishga ruxsat berildi

Jamiyat
115
Korporativ kartalardan “svet” va gaz uchun to‘lov qilishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda yuridik shaxslarga kommunal to‘lovlarni mobil ilovalar orqali onlayn to‘lashga ruxsat beriladi. Markaziy bank boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning aprel oyida Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risida nizomga qo‘shimcha kiritildi.

Endilikda yuridik shaxslar mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin bo‘ldi.

2024 yilning dekabr oyida qabul qilingan prezident farmoni bilan belgilangan yo‘l xaritasida yuridik shaxslarga elektr energiyasi uchun to‘lovlarni korporativ kartadan mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish belgilangandi. Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” hamda “Hududgazta’minot”ga normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirilgandi.

Farmonda elektr energiyasi uchun qarzdorlarni tarmoqdan uzib qo‘yish o‘rniga qarzdorlikni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini nazarda tutilgan. Elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalariga hisob-kitob davrida shartnomaviy miqdordan ortiqcha foydalanilgan resurslar uchun to‘lov bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘xshash yangiliklar

Brent nefti narxi 2021 yildan buyon ilk bor eng past darajaga tushdi
Brent nefti narxi 2021 yildan buyon ilk bor eng past darajaga tushdi
Jahon bozorlarida Brent markasidagi neft narxi 2021 yildan buyon ilk bor sezilarli darajada pasaydi. Buning asosiy sabablari orasida AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlari, shuningdek,
Dunyo 15:49, 5-04-2025
Tramp: Kobul aeroportidagi terakt tashkilotchisi hibsga olindi
Tramp: Kobul aeroportidagi terakt tashkilotchisi hibsga olindi
AQSH prezidenti Donald Tramp 4 mart kuni Kongressdagi nutqida 2021 yilda Kobul aeroportidagi terror hujumining bosh tashkilotchisi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. CNN xabariga ko‘ra, ushbu hibs
Dunyo 19:51, 5-03-2025
"Real" Trentni deyarli tekinga oldi. Bu Peres strategiyasining navbatdagi g‘alabasi
"Real" Trentni deyarli tekinga oldi. Bu Peres strategiyasining navbatdagi g‘alabasi
Hammasi Trent Aleksander-Arnoldning "Real"ga kelishiga qarab ketmoqda. U mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishini rasman e’lon qildi. Insayder Devid Ornshteynning yozishicha,
Sport 12:20, 7-05-2025
Hindiston Germaniyani ortda qoldirib, shamol va quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi yirik davlatga aylandi
Hindiston Germaniyani ortda qoldirib, shamol va quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi yirik davlatga aylandi
Hindiston 2024 yilda Germaniyani ortda qoldirib, dunyoda shamol va quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi, deb xabar beradi
Dunyo 22:54, 9-04-2025
Maktablarda dars berayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni ma'lum qilindi
Maktablarda dars berayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni ma'lum qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'lim berayotgan oʻqituvchilarning (oʻrindoshlarsiz) umumiy
Oʻzbekiston 17:11, 23-02-2025
03:07
Aleksandr Isak Liverpulga o‘tishi haqida fikr bildirdi
02:59
Manchester Yunayted yangi darvozabonni sotib oldi