Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
+27°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat
110
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 72,6 sotix noturar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent shahrining Bektemir tumanida 12 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 1992 yilda tug‘ilgan, rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlangan. U Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 72,6 sotix noturar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 1 oyda ushbu yer maydoni toifasini turar joyga o‘zgartirib, ko‘pqavatli uy-joy qurish uchun ruxsatnomani va barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 100 ming dollar talab qilgan. Shundan so‘ng, avans tariqasida 110 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Toshkent shahri, Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qarzdorlik bo‘yicha MIB yuritayotgan ijro hujjatlarini tugatish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan shaxs qo‘lga olingan. U fuqaroning 647 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlik bo‘yicha ijro hujjatlarini tugatish va O‘zbekistondan chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 25 ming dollar talab qilib olganida ushlangan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda), 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora berish juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

O‘xshash yangiliklar

Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
Murodjon Ahmadaliyev Meksikada raqibini ringda "yakson" qilib tashladi! (video)
Murodjon Ahmadaliyev Meksikada raqibini ringda "yakson" qilib tashladi! (video)
Meksikaning Gvadalaxara shahrida professional boks bo‘yicha ajoyib va shiddatli jang kechdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz, jahonga mashhur professional bokschi Murodjon
Sport 12:24, 31-05-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat Biznes sheriklar Toshkent shahrida yashovchi Zayni Eshonqulov poyabzal savdosi bilan shug‘ullangan. U poytaxtdagi Eshonguzar bozorida oyoq kiyim
Jamiyat 19:09, 5-04-2025