Bugun
Disneylendda yurak xurujidan ayol vafot etdi
+15°
дымка ветер 2.1 м/с, СВ

«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Jamiyat
104
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
“Tashabbusli budjet”da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlashtiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-umumta’lim maktabda majburiy ovoz berish holatlari kuzatilgan. Holat tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilganida haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.

Shu sababli Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashiga taqdimnoma yuborilgan.

«Agar siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining (71)200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik «Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilanganini eslatib o‘tgan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi
Qishloq xo‘jaligi kambag‘allikni qisqartira olishi isbotlandi. / Álvaro Bernis Iqtisodchilar uzoq yillar davomida kambag‘allikni qisqartirish uchun birinchi navbatda jadal sanoatlashuv kerak, deb
Iqtisodiyot 21:56, 3-03-2025
Toshkentda Tashabbusli budjet saralashi yakunlandi
Toshkentda Tashabbusli budjet saralashi yakunlandi
Toshkentda iqtisodiy jarayonlarda aholining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida "Ochiq budjet" portalida 2025 yilning ikkinchi mavsumiga oid “Tashabbusli budjet” jarayonlarining saralash
Oʻzbekiston 17:43, 19-08-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Tashabbusli budjetda ovoz berish boshlandi
Tashabbusli budjetda ovoz berish boshlandi
“Tashabbusli budjet” dasturining 2025 yilgi ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi rasmiy ravishda boshlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu jarayon jamoatchilikning turli
Oʻzbekiston 11:40, 22-08-2025