Bugun
It Chemp Endryuni ikki marta hayotda saqladi
+31°
ясно ветер 2.1 м/с, ЮЗ

Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Jamiyat
115
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Senat yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda tirbandlik masalasi aholi uchun, ayniqsa, poytaxtda eng dolzarb muammoga aylanmoqda. So‘nggi 2-3 yilda Toshkent shahrida 7-9 balli tirbandliklar har kuni kuzatilayotgan bo‘lsa, ayrim vaqtlarda mazkur holat 10 ballgacha ko‘tarilmoqda. Bu esa yo‘llarda asabiy va ziddiyatli holatlariga, yo‘lovchi hamda haydovchilarning soatlab vaqt sarflashiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois yo‘llarda tirbandlikni kamaytirish hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida jamoat transportiga ustuvorlik berish yo‘nalishida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida avtobuslar soni so‘nggi 2 yilda 2 barobarga oshgan. Ular uchun alohida yo‘laklar tashkil etilishi natijasida avtobuslarning qatnovdagi oraliq intervali 2 barobarga qisqargan. Yo‘lovchilar soni 2 barobarga o‘sib, kunlik foydalanuvchilar soni 1 mln yo‘lovchiga yetgan.

Biroq qonunchilikdagi bo‘shliqlar jamoat transportidan foydalanishning samaradorligini jiddiy pasayishi, qatnov muntazamligi va jamoat transportining erkin harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Shahar avtomobil yo‘llarida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar ajratilib, boshqa transport vositalarining harakati taqiqlangan bo‘lsa-da, ularning ushbu yo‘laklarda harakatlanish davom etmoqda.

Amaldagi qonunchilikda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlangan transport vositalari haydovchilari uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, haydovchilarning transport vositalarini velosiped yo‘laklari, trotuarlar hamda yashil hudud maydonlarida boshqarishi ko‘plab kuzatilmoqda va ushbu hududlarda harakat qatnashchilarining xavfsizligini ishonchli ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri noqonuniy ravishda sun’iy to‘siqlar o‘rnatish, yo‘lni to‘sib qo‘yish holatlaridir.

Fuqarolar o‘z yashash hududlaridagi ko‘chalarda noqonuniy ravishda sun’iy to‘siqlar o‘rnatishi, yo‘lni to‘sib qo‘yish orqali harakatlanishni cheklagan holda aholiga shoshilinch xizmat ko‘rsatuvchi hamda maxsus transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qilmoqda.

Bu boradagi muammolarni hal etish maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 128-7-modda kiritilib, jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Jumladan, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi nomlanishi va birinchi qismi dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etilyapti.

Bundan tashqari, qonun bilan haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘laklaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida
Iqtisodiyot 20:17, 8-04-2025
Green Card–2025 natijalari e’lon qilindi: 5,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik AQSHga yo‘l oladi
Green Card–2025 natijalari e’lon qilindi: 5,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik AQSHga yo‘l oladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining 2025 yil uchun natijalari
Oʻzbekiston 20:32, 12-05-2025
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning yetakchi investitsiyaviy holdinglaridan biri – United Green Group tashkilotining investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Albrext Frishenshlager
Iqtisodiyot 14:33, 9-04-2025
Italiya: favoritlar uchun asabbuzarlik taqdim etgan tur ( video)
Italiya: favoritlar uchun asabbuzarlik taqdim etgan tur ( video)
Shanba oqshomida Italiya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat haqidagi ma’lumotlarni ushbu maqolani o‘qish orqali bilib oling. «Lechche» – «Milan»
Sport 16:42, 9-03-2025
Chevrolet Equinox 2026 narxlari va texnik xususiyatlari e’lon qilindi
Chevrolet Equinox 2026 narxlari va texnik xususiyatlari e’lon qilindi
Chevrolet kompaniyasi 2026 yilgi Equinox krossoverining narx va jihozlanish tafsilotlarini e’lon qildi. Baza modeli 29 995 dollardan boshlanadi, to‘liq yurituvchan versiyalar esa 31 995 dollardan
Avto 13:48, 4-03-2025