Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi, shahar-tuman bo‘limlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, aliment to‘lovchi otalardan farzandlari uchun moddiy ta’minot undirish bilan bir qatorda ularni ish bilan bandligini ta’minlashga ham ko‘maklashib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 19 mart kuni Andijon shahrida tashkil qilinib, unda sud tomonidan aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan ishsiz shaxslar uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Ushbu yarmarka farzand uchun to‘lanishi belgilangan aliment to‘lovlarini to‘lashda qiyinchilikka duch kelayotgan ishsiz otalarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgani holda boshqa ishsiz fuqarolar uchun ham xizmat ko‘rsatdi.
Tadbirga tashrif buyurgan fuqarolar jami 30 ta korxona, tashkilot va boshqa davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan 250 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 42 nafar aliment to‘lovchilar shu kunning o‘zida doimiy ish joyiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, 15 nafariga yo‘llanma berildi, qolganlari esa Aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsiz sifatida ro‘yxatga olinishiga ko‘maklashildi.
O‘xshash yangiliklar

Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja

«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro