Bugun
1985-yilda Titanik qidiruvi maxfiy harbiy operatsiya edi
+31°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Qozog‘istonga 1,2 mln dollarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat
112
Qozog‘istonga 1,2 mln dollarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijiy valyutalarni Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan yig‘ib, mazkur ayolga bergan – poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroning Toshkent tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida Qozog‘istonga olib o‘tish uchun tayyorlab qo‘yilgan 399 ming 170 AQSH dollari borligi ham aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln 273 ming 170 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
18 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha 37 jo‘natish va 40 kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 01:10 da boshlanib, oxirgi samolyot 23:20 da havoga
Oʻzbekiston 00:10, 18-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi, 24 avgust kuni, reyslar jadvali bo‘yicha 48 ta jo‘natish va 44 ta qabul qilish reyslari amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natiladigan parvoz soat 01:10 da
Oʻzbekiston 00:10, 24-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi, 16 avgust kuni aeroportda jami 37 ta reys amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nab ketish soati 06:45 da boshlanib, oxirgi parvoz esa 23:50 da amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston 07:03, 16-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi kunda aeroportdan jami 40 ta reys jo‘natilishi rejalashtirilgan. Eng erta parvoz soat 01:10 da amalga oshirilsa, kechgi soat 23:40 da so‘nggi reys uchadi, deb xabar berdi uzairways.com.
Oʻzbekiston 00:10, 20-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy 40 ta jo‘natish va 41 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 00:25 da amalga oshsa, oxirgi reys 23:50 da
Oʻzbekiston 00:10, 23-08-2025
14:16
Boyarintsev: Akronning ikkinchi mavsumi qiyin kechadi
14:12
Donnarumma Manchester Sitiga uzoq muddatga o‘tdi