Bugun
Marsel Loryanni oson va tez mag‘lub etdi
+21°
ясно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Jamiyat
137

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

– Kuni kecha xalqimiz bilan Navro‘z ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulug‘ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon bo‘lsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda quryapmiz. U ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘lsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd qilinishicha, bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda, uning umumiy maydoni 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilgan.

Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunda milliy an’analar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.

Bundan tashqari, hududda ikki ming o‘rinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, to‘rtta tahoratxona barpo etiladi.

Bu yil O‘zbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi. Shu haqdagi prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand shahridagi majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish belgilangan. Tashrif chog‘ida prezidentga ushbu loyiha taqdimot qilindi.

Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga mo‘ljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilishi ko‘zda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar bo‘ladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona quriladi.

Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar ko‘paygan paytda yashagan, butun hayotini islomiy aqidani himoya qilish va ma’rifatini yoyishga bag‘ishlagan. U zotning moturidiylik ta’limoti, “Ta’vilotul Qur’on”, “Kitob at-Tavhid” kabi asarlari bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning ma’naviy asoslariga aylangan.

Davlat rahbari bu tamoyillar bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib borayotganini ta’kidlab, alloma merosini yanada keng o‘rganish va jahonga targ‘ib etish, majmuaga keluvchilarga sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yana bir xayrli loyiha – Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga qaratilgan. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan so‘fiy olim naqshbandiya ta’limotining rahnamolaridan biri bo‘lgan. Ilm va din yo‘lidagi uzoq safardan so‘ng, Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan.

Bu maskanga keluvchi ziyoratchilar ham ko‘p. Ularga sharoitlarni yaxshilash maqsadida Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uch qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda.

Samarqand zaminidan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqichma-bosqich qayta ta’mirlanib, obod qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Portu Jil Visenteni 2:0 hisobida mag‘lub etdi
Portu Jil Visenteni 2:0 hisobida mag‘lub etdi
«Жил Висенте» ва «Порту» жамоалари Примейра лигасининг иккинчи туридан ўрин олган ўйинда тўқнаш келишди. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Ушбу ўйинда «драконлар» фақат тўп назорати ва бурчак
Sport 01:50, 19-08-2025
Oilaviy shifokorlar oyiga 1500 dollargacha maosh oladi
Oilaviy shifokorlar oyiga 1500 dollargacha maosh oladi
O‘zbekistonda oilaviy shifokorlar oyiga 1500 dollar, hamshiralar esa 800 dollargacha maosh olishi mumkin bo‘lgan yangi tizim joriy etiladi, deb nova24.uz sayti xabar berdi. Prezident Shavkat
Oʻzbekiston 18:34, 7-05-2025
Suvayda shahrida 1500 badaviy evakuatsiya qilindi
Suvayda shahrida 1500 badaviy evakuatsiya qilindi
Suriyaning janubiy qismi yana xalqaro e’tibor markazida turibdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. SANA davlat agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat va mahalliy aholi vakillari o‘rtasida olib
Dunyo 10:52, 23-07-2025
Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
O‘zbekistonda imom Moturidiyning 1100 yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori e’lon qilindi. Qaror Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va
Oʻzbekiston 11:34, 15-03-2025
Prezident tibbiyot sohasida katta o‘zgarishlar va’da qildi: shifokorlarning oyligi 1500 dollarga yetadi!
Prezident tibbiyot sohasida katta o‘zgarishlar va’da qildi: shifokorlarning oyligi 1500 dollarga yetadi!
Bugun davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim va keskin qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda birgina tuman misolida
Oʻzbekiston 15:43, 7-05-2025