Bugun
Suleymanov yangi klubida ko‘proq gol urishni istaydi
+27°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Tez yurishga rag‘batmi bu yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida

Jamiyat
113
Tez yurishga rag‘batmi bu yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida
Haydovchilar orasida “qonun-qoidalar yumshatilsa, ko‘proq erkinlik bo‘ladi” degan qarashlari juda keng tarqalgan. Ammo bu “erkinlik” jamoat xavfsizligi uchun nechog‘lik xunuk oqibatlar keltirayotganini anglab yetayotganlar oz. Xo‘sh, endi deputatlar qanday yo‘l tutsa sog‘lik va hayot uchun xavf ortmaydi?

Bo‘lmasa, tezlikni o‘lchashda xatolik tafovutini +10 km/h'ga oshirish muhokama qilinayotganda “ishtahasi ovqat chog‘ida ochilgan” tezlik ishqibozlari yangidan yangi talablarni ilgari surmagan bo‘lardi.

Ishonmasangiz, quyidagi postdan parchaga e’tibor bering:

Qarang, mashinaning spidometri 60 km/h tezlikni ko‘rsatib turganda, haqiqiy tezlik 60-70 km/h atrofida bo‘lishi kerak ekan.

Mantiqan teskarisini talab qilishi kerak emasmi? Birgina shu ta’kid bu boradagi ayrim subyektiv fikrlarimni qoralashga rag‘bat uyg‘otdi.

Spidometr va GPS: qay biri ishonchli?

Aslida har qanday avtomobilning spidometri haqiqiy tezlikni aniq ko‘rsatadi. Juda oshib borsa 1 km/h pastroq yo balandroqqa adashar. Bu zavoddan shunday “ustanovka” qilingan va mantiqli.

Biroq mashinaga o‘rnatilgan GPS'li antiradar yoki uyali telefondagi GPS ilovalari orqali ko‘rsatiladigan tezliklarda farq bor. Masalan, mening mashinamda ham elektron spidometr 65 km/h tezlikni ko‘rsatayotganda GPS doim 63 km/h ko‘rsatadi.

Ya’ni spidometr 67-68 km/h tezlikni ko‘rsatayotganda haqiqiy tezlik GPS'dagi 65 km/h bo‘ladi. Buni e’tiroz qilayotgan shofyorlarning o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi aslida.

Keyin yana bir narsa: mashinaning spidometri tezlikni valning aylanishiga qarab o‘lchaydi. Bunda zavodda o‘rnatilgan standart diametrli shina hisobga olinadi. Katta diametrli disk va shina o‘rnatish bilan spidometrdagi va tezlikdagi farq +5...+10 km/h'gacha oshishi mumkin. Bu endi g‘irt haydovchining aybi. Hech kim unga 15 likning o‘rniga 18 lik, 17 ning o‘rniga 21 lik disk va ballon qo‘y deb iltimos qilmagan, to‘g‘rimi?

Minus 10 chegirma: tezlikka ruxsatmi yoki ehtiyotkorlik?

Radarning tezlik aniqlash tavofuti ham odatda 2-3 km/h atrofida bo‘ladi. -5 km/h ayirib tashlash shularning hisobiga edi o‘zi. Bu xatolik ko‘rsatkichi -10 km/h'ga ko‘tarilayotgani nima bilan asoslanayotgani tushunarsiz.

Potensial «avtoterrorist»larning bir advokati «bu shofyorlarga aholi punktlarida qo‘shimcha 10 km/h tezlik uchun ruxsat emas», deyayotganiga qaramasdan, shaxsan men buni aynan tezroq haydash uchun ruxsat deb bilaman.

Bunday haydovchilar tezlikdan -10 km/h ayrilsa ham 71 bilan radarga tushaveradi va “atigi +1 km/h uchun jarima yozishibdi”, deb hukumatdan noliyveradi. Holbuki, u ruxsat etilganidan +11 km/h tezroq harakatlangan bo‘ladi. Chunki buni ular “60 belgilangan joyda 70 gacha haydashga haqqim bor”, deb qabul qilishadi.

Buni ularning advokati ham qo‘llaydi: “birodar, 60 belgilangan joyda 65 emas, 60 haydash kerak, shunda radarga tushmaysan”, demaydi! “65 gacha haydashga qonunan haqqi bor, sal tezlashib ketishsa yoki priborlardagi xatolik tufayli 66 tezlik bilan radarga tushib qolishyapti, shunga birato‘la 10 qilib beringlar” deb talab qiladi. Bular ertaga xuddi shu vaj bilan 10 km/h'ga ham qoniqmasdan, 15 km/h qiberinglar deydi.

Deputatlar uchun o‘rta yo‘l

Hozir deputatlarda xatolik tafovuti uchun -10 km/h chegirib tashlash emas, belgilangan tezlik limitining 10 foizi miqdorida chegirma tasdiqlash varianti ham bor.

Shunda tezlik:
- 50 km/h bilan chegaralangan joylarda 55 km/h,
- 60 km/h bilan chegaralangan joylarda 66 km/h,
- 70 km/h bilan chegaralangan joylarda 77 km/h,
- 100 km/h bilan chegaralangan joylarda 110 km/h tezlikkacha jarima qo‘llanmaydi.

Six ham, kabob ham kuymaydigan yo‘li o‘zi shu, menimcha. Qolaversa, bu usuldan ayrim davlatlarda qo‘llanar ekan. Masalan, Angliyada.

Qurbonlar statistikasi bo‘yicha xato iddao

Yana bir jihat: avtoterroristlar “jarimalar ko‘paytirilgani, radar va kameralar o‘rnatilgani bilan yo‘llarda avariyalar va qurbonlar soni kamaymayapti-ku?” degan vajni keltirishni yaxshi ko‘rishadi.

Aslida avariyalar va qurbonlar soni kamayyapti, sekin-astalik bilan bo‘lsa ham.

Biroq “kamayish” deganda ular “nol”ga tushmayapti-ku, deyishayotgan bo‘lsa kerak. Afsuski, bizdagi haydovchilik madaniyati bilan hali veri “nol”ga tushmaydi. Bu aniq.

Demak, tezlikni cheklash, yo‘llarda, ayniqsa aholi punktlarida avtomobillarning belgilangan tezlikda yurishini qat’iy nazorat qilish yo‘lidan boraverish kerak, “uchar” haydovchilarning nog‘orasiga o‘ynamasdan.

Quyida yillar bo‘yicha ko‘rsatkichlar keltirilgan. (2020 yilda pandemiya cheklovlari bo‘lgani uchun ko‘rsatkichlar kamroq).

2019 yil:
Avariyalar soni — 8092
Qurbonlar soni — 2094

2020 yil:
Avariyalar soni — 6982
Qurbonlar soni — 1962

2021 yil:
Avariyalar soni — 10001
Qurbonlar soni — 2426

2022 yil:
Avariyalar soni — 9902
Qurbonlar soni — 2356

2023 yil:
Avariyalar soni — 9839
Qurbonlar soni — 2282

2024 yil:
Avariyalar soni — 9364
Qurbonlar soni — 2203

Xulosa chiqarish o‘zingizdan.

Shuhrat Shokirjonov
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga boj stavkasini 20% gacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror Xitoyning fentanil oqimiga qarshi yetarlicha chora
Iqtisodiyot 03:36, 4-03-2025
Volkswagen Nivus’ning arzon versiyasi taqdim etildi
Volkswagen Nivus’ning arzon versiyasi taqdim etildi
Volkswagen Nivus krossoverining arzonroq Sense versiyasi taqdim etildi, deb cenyavto.com yozmoqda. Bu modifikatsiya Braziliya bozoriga chiqarilgan bo‘lib, narxi taxminan 1,8 million rublga teng
Avto 01:09, 5-04-2025
Lebron Jeyms Jota vafoti uchun ta’ziya bildirdi
Lebron Jeyms Jota vafoti uchun ta’ziya bildirdi
Mashhur basketbolchi Lebron Jeyms "Liverpul" jamoasi hujumchisi Diogu Jotaning vafoti haqidagi fojiali xabarga munosabat bildirdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. U o‘zining
Sport 16:40, 3-07-2025
2026-yilgi Toyota Crown: Gibrid va to‘liq uzatmada taqdim etildi
2026-yilgi Toyota Crown: Gibrid va to‘liq uzatmada taqdim etildi
Toyota AQSh bozori uchun 2026-yilgi Crown sedanini taqdim etdi, deb SpeedMe.ru sayti xabar berdi. Yangilanishlar faqat rasmiy tusda bo‘lib, tashqi ko‘rinish va texnik jihatlar amaldagi modelga aynan
Avto 08:36, 2-04-2025