Bugun
Intel Panther Lake protsessorlari noutbuklarga yangi kuch beradi
+24°
ясно ветер 2.1 м/с, С

Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

Jamiyat
20
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Toshkentda 9 may kuni 2000 kishi ishtirokida 5 kilometr masofa yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida soat 05:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralg‘ida transport vositalarining harakati quyidagi ko‘chalarda vaqtincha cheklanadi:
  • Cho‘ponota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Unga tutash bo‘lgan Nurxon, Arnasoy, Sa’di Sirojiddinov va Bog‘ibuston ko‘chalari.

«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilardan yondosh va aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, marafon ishtirokchilariga uchburchak shaklidagi front maktubiga o‘xshatib ishlangan yoki frontchilarning familiyalari yozilgan konvert-maktub beriladi. Xatning orqa tomonida urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning ismi, qisqacha hayoti yoki iqtibos keltiriladi.

Har bir yuguruvchi ramziy ma’noda «xatni o‘z egasiga yetkazib beradi» – uni katta xotira taxtasiga yopishtiradi, marraga yetib kelganlar askarlarning ismi yozilgan qog‘oz parchalarini ham yopishtiradi, shu tariqa, xotira devori paydo bo‘ladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l harakati cheklandi
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l harakati cheklandi
Toshkent shahrida yirik rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yo‘l harakati vaqtincha cheklangan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash va
Oʻzbekiston 11:23, 24-08-2025
Shota Rustaveli ko‘chasida harakat cheklanishi boshlanadi
Shota Rustaveli ko‘chasida harakat cheklanishi boshlanadi
Toshkent shahrida Shota Rustaveli ko‘chasining ma’lum bir qismida uch hafta davomida harakat cheklanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Bu haqda poytaxtning Transport va
Jamiyat 01:53, 3-08-2025
Tez yordamda Call-back tizimi joriy etildi
Tez yordamda Call-back tizimi joriy etildi
Sog‘liqni saqlash sohasida xizmat sifatini oshirish maqsadida O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi barcha hududiy filiallarida Call-back (qayta qo‘ng‘iroq) tizimi joriy etildi. Bu
Oʻzbekiston 15:43, 23-07-2025
Shota Rustaveli ko‘chasini ta’mirlash bosqichi boshlanmoqda
Shota Rustaveli ko‘chasini ta’mirlash bosqichi boshlanmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Shota Rustaveli ko‘chasini ta’mirlash uchun 198 million dollar sarflanishi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Toshkent shahar
Jamiyat 12:05, 10-07-2025
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida transport o‘zgaradi
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida transport o‘zgaradi
Toshkent shahrining Grand Mir mehmonxonasi va Bobur ko‘chasi oralig‘idagi Shota Rustaveli ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli jamoat transporti harakatida vaqtinchalik
Jamiyat 01:42, 8-08-2025