Bugun
Grishin: Spartakga Babiç darajasida himoyachilar kerak
+27°
ясно ветер 2.1 м/с, В

Kiberjinoyatchilik bilan kurashish boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi

Jamiyat
98
Kiberjinoyatchilik bilan kurashish boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
Prezident tomonidan «Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

Kelgusi oʻquv yilidan IIV Akademiyasida «Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga qabul boshlanadi. Oʻqish muddati toʻrt yilni tashkil etadi.

Matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalaridan xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiada sovrindorlari dastlabki tanlovdan oʻtgandan soʻng yakuniy yakka tartibdagi suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻz navbatida, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta'minlash» magistratura mutaxassisligiga qabul boshlanadi. Oʻqish muddati bir yilni tashkil etadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan xalqaro nufuzli IT-sertifikatlarga ega boʻlgan nomzodlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan imtihonlardan ozod etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025