Senat davlat organlari yetkazgan zararlarni qoplash mexanizmini tasdiqladi
Senatning navbatdagi yalpi majlisida davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan harakatlar, yoki bunday harakatlarning bajarilmasligi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash masalasi muhokama qilindi va tasdiq etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ushbu qonunning joriy etilishi bilan mamlakatimizda davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash bo'yicha yagona va aniq huquqiy mexanizm o'rnatiladi. Avvalgi holatlarda zarar qoplanishi masalasi o'n tadan ortiq turli qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan edi.
Biroq, bunday tarqoqlik amaliyotda ko'plab muammolarni keltirib chiqarardi. Ayniqsa, davlat byudjeti hisobidan to'lovlarni amalga oshirish tartibi aniq belgilanmaganligi sababli, jarayonlarda turli qiyinchiliklar yuzaga kelardi.
Yangi qonun aynan shu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Qonunga ko'ra, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni qoplash uchun yagona tartib joriy etiladi.
Agar zarar davlat hisobidan to'liq qoplansa, undan keyin aybdor shaxsning hisobidan mablag'larni qaytarib olish imkoniyati mavjud bo'ladi. Bu jarayon davlat xarajatlarini tiklash va mas'uliyatni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Mazkur tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda aybdor shaxs faoliyat yuritayotgan davlat organi talabnoma kiritish huquqiga ega bo'ladi. Yangi qonunning asosiy tamoyillari inson huquqlari, qonuniylik, shaffoflik va ochiqlikdan iboratdir.
Shuningdek, mulkiy zararlarni qoplashni ta'minlash uchun maxsus hududiy jamg'armalar tashkil etiladi va ularning manbalari aniq belgilab beriladi.